Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Quyidagi asosiy taqsimot qonunlar qо‘llaniladi



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Quyidagi asosiy taqsimot qonunlar qо‘llaniladi: 

tо‘g‘ri burchakli (tekis); 

uchburchakli; 

trapetsiodal; 

normal (Gauss); 

va boshqalar. 
6-rasmda to‘g‘ri burchakli (tekis), Simpson (uchburchakli) va Gauss 
taqsimot qonunlarining garfik ko‘rinishi keltirilgan. 
Agar kattalikning о‘zlashtirilgan qiymati ehtimolligi tо‘g‘ri burchakli (tekis) 
taqsimot qonuniyati bо‘yicha tavsiflansa, u holda yarimkengligi (polushirina) a – 
ga teng ushbu ehtimolliklar taqsimotini standart noaniqligi quyidagicha 
aniqlanadi: 
3
/
a
u

Agar 
kattalikning 
о‘zlashtirilgan 
qiymati 
ehtimolligi 
Simpson 
(uchburchakli) taqsimot qonuniyati bо‘yicha tavsiflansa, u holda yarimkengligi 


25 
(polushirina) a – ga teng ushbu ehtimolliklar taqsimotini standart noaniqligi 
quyidagicha aniqlanadi: 
6
/
a
u

6-rasm. To‘g‘ri burchakli (tekis), Simpson (uchburchakli) va Gauss taqsimot
qonunlarining garfik ko‘rinishi

Agar kattalikning о‘zlashtirilgan qiymati ehtimolligi Gauss (normal) 
taqsimot qonuniyati bо‘yicha tavsiflansa va 99,73 foiz ehtimollik bilan 
yarimkengligi 

– ga teng bо‘lgan ushbu ehtimolliklar taqsimotini standart 
noaniqligi quyidagicha aniqlanadi: 
9
/
a
u

Kо‘rib chiqilgan extimolliklar taqsimlanish qonunlaridan eng kam standart 
noaniqlikga egasi Gauss (normal) , eng kо‘pi esa tо‘g‘ri burchakli (tekis) 
taqsimlanish ekan.
Noaniqlik manbalarining namoyon bo'lishi. 
Noaniqlikning tipik manbalari 
bo'lib quyidagilar hisoblanadi:


26 
Namuna tanlash. 
Laboratoriyada yoki bevosita tahlil ob'ektida bajariladigan 
namuna tanlash operatsiyalari tahliliy metodika qismi bo'lgan hollarda namunalar 
o'rtasidagi tasodifiy farqlar va namuna tanlash protsedurasida siljish (sistematik 
xatolikning) yuzaga kelishi uchun har qanday imkoniyatlar kabi effektlar so'nggi 
natija noaniqligining tashkil etuvchilarini shakllantiradi.
Namunalarni saqlash shartlari. 
O'lchanayotgan (sinalayotgan) namunalar 
o'lchashlar bajarilgunga qadar qandaydir vaqt davomida saqlansa, saqlash shartlari 
natijaga ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun, saqlash davomiyligi, shuningdek 
saqlash shartlari noaniqlik manbalari sifatida ko’rilishi lozim.
Apparatura effektlari. 
Bunday effektlar, masalan, analitik tarozilar aniqlik 
chegaralarini; ro'yxatga olinganlaridan farq qiluvchi (berilgan chegaralarda) 
o'rtacha 
temperaturani 
ushlab 
turaoladigan 
temperatura 
rostlagichining 
mavjudligini; ortiqcha yuklash effektlariga duchor qilinishi mumkin bo'lgan 
avtomatik analizatorni o'z ichiga olishi mumkin.
Reaktivlar tozaligi. H
attoki boshlang‘ich reaktiv tekshirilgan bo'lsa ham bu 
tekshiruv metodikasi bilan bog‘liq bo'lgan qandaydir noaniqlik qolganligi sababli 
titrlash uchun eritma kontsentratsiyasi absolyut aniqlikda belgilanishi mumkin 
emas. Ko'p reaktivlar, masalan, organik bo'yoqlar 100 % ga toza bo'lib 
hisoblanmaydi va tarkibida izomerlar va anorganik tuzlar bo'lishi mumkin. Bunday 
moddalar tozaligi tayyorlovchi tomonidan kamida o'shanday darajada ko'rsatiladi. 
Tozalik darajasiga tegishli bo'lgan har qanday taxminlar noaniqlik elementini 
kiritadi. 
Taxmin qilingan stexiometriya. 
Tahliliy jarayon aniqlangan stexiometriyaga 
bo'ysunadi deb taxmin qilingan hollarda kutilayotgan stexiometriyadan og‘ishlarni 
yoki reaksiyaning to'liq emasligini yoki yordamchi reaktsiyalarni hisobga olish 
zarur bo'lishi mumkin.
O'lchashlar shartlari. 
O'lchovli shisha idish, masalan, u kalibrlangan 
temperaturadan far? ?iluvchi temperaturada qo'llanilishi mumkin. Katta 
temperatura effektlari tuzatishlar kiritish bilan hisobga olinishi lozim, biroq bu 
holda ham suyuqlik va shisha temperaturasi qiymatlaridagi har qanday noaniqlik 
ko'rib chiqilishi lozim. Shunga o'xshash, agar qo'llanilayotgan materiallar 


27 
namlikning mumkin bo'lgan o'zgarishlariga sezuvchan bo'lsa atrofdagi havoning 
namligi ahamiyatga eta bo'lishi mumkin.
Namunaning 
ta'siri. 
Murakkab 
matritsa 
tarkibi 
aniqlanayotgan 
komponentning chiqarib olinishiga yoki asbobning javobiga ta'sir ko'rsatishi 
mumkin. Aniqlanayotgan komponentni topish shakliga sezuvchanlik bu ta'sirni 
yanada kuchaytirish mumkin. 
Namuna yoki aniqlanayotgan komponent barqarorligi tahlil jarayonida 
issiqlik rejimining yoki fotolitik effektning o'zgarishi sababli o'zgarishi mumkin. 
Chiqarib olish darajasini baholash uchun ba'zi «mashhur qo'shimcha» 
ishlatilganda 
aniqlanayotgan 
komponentning 
namunadan 
aniq 
chiqishi 
qo'shimchani chiqarib olish darajasidan farq qilishi mumkin, bu esa baholash lozim 
bo'lgan qo'shimcha noaniqlikni kiritadi.
Hisoblash effektlari. 
Darajalash vaqtida mos kelmaydigan modelni tanlash, 
masalan, nochiziq javobda chiziqli darajalashdan foydalanish juda yomon 
moslashtirishga va ko'proq noaniqlikka olib keladi.
Raqamlarni olib tashlash va yaxlitlash oxirgi natijaning noto'g‘riligiga olib 
kelishi mumkin. Modomiki bu vaziyatlarni oldindan aytish qiyin ekan ba'zi bir 
noaniqlikka joizlik to'g‘ri deb topilishi mumkin. 
Bo'sh namunaga tuzatish. 
Bo'sh namunaga tuzatish qiymatining ba'zi bir 
noaniqligi bu tuzatishning zarurligiga shubha bilan barobar o'ringa ega bo'ladi. Bu 
ayniqsa izlarni tahlil qilishda muhimdir.
Operatorning ta'siri. 
O‘lchash asboblarining pasaytirilgan yoki ko‘tarilgan 
ko‘rsatkichlarini ro‘yxatga olish mumkinligi. 
Metodika interpretatsiyasida ahamiyatga ega bo'lmagan farqlarning 
mumkinligi.
Tasodifiy effektlar. 
Tasodifiy effektlar barcha aniqlashlarda noaniqliklarga hissa 
qo'shadi. Bu bandni o‘z-o‘zidan ma'lum narsa sifatida noaniqlik manbalari 
ro‘yxatiga kiritish lozim. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin