Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
 
1.5. O‘lchash xatoliklarining turlari 
O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo 
o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. 
O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga 
bo‘linadi: 
Absolyut xatolik
– bu o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash asbobi 
yordamida o‘lchangan qiymati X
o‘l
bilan shu kattalikning haqiqiy qiymati X
h
orasidagi algebraik farq bo‘lib, u quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
ДX = X
o‘l
- X
h
Bunda: X
o‘l
– o‘lchash natijasi; 
X
h
– kattalikning haqiqiy qiymati. 


18 
Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bo‘lsa, shu birlikda 
tavsiflanadi.
Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati 
tuzatma
deb ataladi: 
– ДX = k
t

Odatda, o‘lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan ham 
belgilanadi. 
Keltirilgan xatolik
– absolyut xatolikning asbobning eng yuqori o‘lchash 
chegarasi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadigan va nisbiy xatolikka teng 
kattalikdir: 

= (ДX/а
mах
) 100%, 
bu yerda:

- asbobning keltirilgan xatoligi; ДX – absolyut xatolik; а
mах
– o‘lchash 
asbobining eng yuqori o‘lchash chegarasi.
 
Bu faqat o‘lchash asboblari uchun qo‘llanadi. Keltirilgan xatolikning ro‘xsat 
etilgan qiymati bo‘yicha barcha o‘lchovlar va o‘lchash asboblarining aniqlik 
klasslari aniqlanadi.
Keltirilgan xatolikning yana bir qulayligi shundan iboratki, u ko‘p chegarali 
o‘lchash vositalari uchun ham bir xil qiymatga ega. Shuning uchun ham bu xatolik 
o‘lchash vositalari xossalarini me’yorlashtirishda juda qulay hisoblanadi. 
Nisbiy xatolik
– absolyut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy 
qiymatiga nisbatini bildiradi va foiz (%) da ifodalanadi: 
Д=[(X
o‘l
– X
h
)/ X
h
]

100% = (ДX/ X
h
)

100% 
Nisbiy xatolik o‘lchash asboblarining aniqligini o‘lchash diapazonining 
faqat berilgan nuqtasidagina baholaydi. O‘lchash asbobining butun diapazoni 
bo‘yicha aniqligini baholash uchun esa keltirilgan xatolikdan foydalaniladi.
Statik xatoliklar
– vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmagan xatoliklar. O‘lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan 
o‘zgarmas kattalikni o‘lchashda hosil bo‘ladi. Agar o‘lchash vositasining 
pasportida statik sharoitlardagi o‘lchashning chegaraviy xatoliklari ko‘rsatilgan 
bo‘lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga 
nisbatan tadbiq etila olmaydi. 


19 
Dinamik xatoliklar
– o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga 
kelishi o‘lchash vositalarining o‘lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning 
inertsiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o‘lchash zanjiridagi o‘zgarishlar oniy 
tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo‘ladi. 
Yuzaga kelish sharoitlariga ko‘ra xatoliklar 
asosiy
va 
qo‘shimcha
xatoliklarga bo‘linadi. 
Asosiy xatolik 
deb, normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan 
asboblarida hosil bo‘ladigan xatolikka aytiladi. Normal sharoit deganda havo (atrof 
– muhit) temperaturai 20 
0
С ± 5 
0
С, havo namligi 65% ± 15%, atmosfera bosimi 
(750 ± 30) mm s.u., ta’minlash kuchlanishi nominalidan ±2 % o‘zgarishi mumkin 
va boshqalar. 
Agar asbob shu sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil 
bo‘ladigan xatolik 
qo‘shimcha xatolik
deyiladi. 
 
Bundan tashqari o‘lchash vositalari xatoliklari
o‘lchanayotgan kattalikka
bog‘liqligiga qarab 
additiv
va 
multiplikativ
xatoliklarga bo‘linadi. O‘lchanayotgan 
kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘lchash vositasining xatoligi 
additiv
(lotincha
addition - yig‘indi
)yoki nol xatolik, o‘lchanayotgan kattalikning 
o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgaradigan xatolik 
multiplikativ
(lotincha 
multiplication - ko‘paytma
) xatolik yoki sezuvchanlik xatoligi deb ataladi. 
 
Muntazam xatolik
deb, umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida 
muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan 
tashkil etuvchisiga aytiladi.
 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘lchash natijasidagi bo‘lgan umumiy 
xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin. 
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo‘lib, tahlil va 
tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin 
bo‘ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi: 
– uslubiy xatoliklar; 
– asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar; 
– sub’ektiv xatoliklar. 


20 
O‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi natijasida 
uslubiy 
xatolik
kelib chiqadi. 
O‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan 
xatolik 
asbobiy xatolik
deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining noto‘g‘ri 
graduirovkalanishi, qo‘zg‘aluvchan qismining noto‘g‘ri mahkamlanishi va 
hokazolar. 
Asbobning (qurilmaning) xatoligi
– asbobning noto‘g‘ri qo‘yilishidan yoki 
uni ba’zi tashqi faktorlar ta’sirida ishlatilishidan kelib chiqadigan xatolikka 
aytiladi. 
 
Sub’ektiv xatolik
– kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolikdir. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin