11
n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son
qiymati;
[х] – o‘lchash birligi.
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.
О‘lchashning ikki xil turi mavjud:
1. Laboratoriyaviy о‘lchash.
2. Texnik о‘lchash.
Laboratoriyaviy о‘lchash
- aniq bо‘ladi va о‘lchashning
xatoligi aniqlanadi
hamda hisobga olinadi. Bu о‘lchash ilmiy-tadqiqot ishlarida qо‘llaniladi.
Texnik о‘lchash -
bu о‘lchashda asbob xatosini aniqlamaydi, ammo asboblar
tasdiqlangan xatolik chegarasida ishlatiladi. Ishlab chiqarish sharoitida xom ashyo
va tayyor mahsulotlarning kо‘rsatkichlari texnik о‘lchash yordamida aniqlanadi.
O‘lchashlar soniga bog‘liq ravishda quyidagi turlarga ajratiladi:
Bir karrali о‘lchash
- bir marotaba bajarilgan о‘lchash. Masalan: vaqt,
savdoda mahsulot massasi yoki hajmini о‘lchash.
Kо‘p karrali о‘lchash
- bir karrali о‘lchashning «n» barobar takrorlanishi.
Masalan: iplarning mustahkamligini aniqlash.
O‘lchanayotgan kattalikning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq ravishda esa
statik
va
dinamik
o‘lchashlarga bo‘linadi.
Statik о‘lchash
- о‘lchash vaqti davomida kattalik о‘zgarmaydi
deb qabul
qilingan kattalikni о‘lchash. Masalan: me’yoriy haroratda uzunlik,
yer maydoni
yuzasini va hokazolarni о‘lchash.
Dinamik о‘lchash
- о‘lchamlari о‘zgaruvchan kattalikni о‘lchash, ya’ni
о‘lchanayotgan kattalik vaqt davomida о‘zgarib turadi. Masalan: о‘zgaruvchan
bosimni о‘lchash, haqiqatdan olganda barcha kattaliklar vaqt ichida ozgina bо‘lsa
ham о‘zgarishlar ta’sirida bо‘ladi. Agar juda ham sezgir asboblar bilan kattalik
о‘lchansa, farqni aniqlash mumkin. Shuning uchun o‘lchashlar
shartli ravishda
statik va dinamik о‘lchashlarga ajratiladi.
О‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini topishning bir qancha yo‘llari,
ya’ni turlari mavjud (2-rasmga qarang).
12
4 – rasm. O‘lchash turlari.
O‘lchashlarni amalga oshirish uchun o‘lchash vositalaridan foydalanish
bilan birga mos ravishda
belgilangan qonun-qoidalar, tartiblarga rioya etishimiz
talab etiladi. Bu esa o‘lchash usullarini hosil qiladi. O‘lchash usulining ta’rifi va
turlari haqidagi ma’lumotlar 3 – rasmdagi sxemada berilgan.
Dostları ilə paylaş: