30
II BOB. O‘LCHASH VOSITALARI
2.1 §. O‘lchash vositalari haqida umumiy ma’lumotlar
Amalga oshiriladigan har qanday o‘lchashlar o‘lchash vositalari yordamida
bajariladi.
O‘lchash vositasi
– bu o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan
metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnikaviy vosita yoki ularning majmuasidir.
O‘lchash vositalarining bir qancha turlari mavjud. Ular tuzilishi jihatidan
sodda
yoki murakkab, aniqligi bo‘yicha aniqligi yuqori yoki aniqligi kichik
bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan
metrologik xossaga ega
bo‘lishlari lozim va metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi.
O‘lchash vositalari funksional vazifalariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Bu
haqdagi ma’lumotlar quyidagi sxemada o‘z aksini topgan (7 - rasm).
7- rasm. O‘lchash vositalarining klassifikatsiyalanishi (bunda: IO‘T – information o‘lchash
tizimlari; NO‘T – nazorat qiluvchi o‘lchash tizimlari; BO‘T – boshqaruvchi o‘lchash tizimlari;
O‘-HM - o‘lchash-hisoblash majmualari).
O‘lchash vositalarini ularning tarkibiy elementlariga qarab
elementar
va
kompleks (majmuiy) o‘lchash vositalari
ga ajratish mumkin ( 8-rasm).
Dostları ilə paylaş: