Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

2.3. Etalonlar 
Biz o‘z faoliyatimiz davomida etalon so‘zini ko‘p uchratamiz. Etalon o‘zi 
nima va qanday vazifani bajarishini esa aytib berishga qiynalamiz. Quyida 
etalonlar haqida ma’lumotlarni berib o‘tishga harakat qilamiz. 
“OzDSt 8.010.3:2004 O‘zR O‘BTDT. Metrologiya. Atamalar va ta’tiflar. 3-
qism. Metrologik xizmat” davlat standartida 
etalon
tushunchasiga quyidagicha 
ta’rif berilgan: 
Etalon
– kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi 
vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va 
(yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida 
tasdiqlangan o‘lchash vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui. 


37 
Kattalik birliklari о‘lchamlarini qaytarish, saqlash va yetkazib berish 
etalonlar va namunaviy о‘lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Metrologik zanjirda о‘lchov birliklari qiymatlarini yetkazib berishning eng yuqori 
zvenosi etalonlar hisoblanadi. 
Etalon bizga fizik kattalikning o‘lchov birligini hosil qilib beradi va u fan-
texnikaning yutuqlariga asoslangan holda yuqori aniqlikda tayyorlanadi. Etalon 
o‘zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiruvchanlik alomatlariga ega bo‘lishi 
lozim. 
Etalonlarning tabaqalanish pog‘anasi quyidagicha: 
-
birlamchi etalonlar; 
-
ikkilamchi etalonlar; 
-
ishchi etalonlar.
Etalonlar bir qancha turlarga bo‘linadi, bular – xalqaro etalon, milliy etalon, 
boshlang‘ich etalon, davlat etaloni, maxsus etalon, ikkilamchi etalon, yakka etalon, 
guruhli etalon, tashiladigan etalon va boshqalar.
Xalqaro etalon
– milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan 
birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro 
asos sifatida qabul qilingan etalon.
Xalqaro etalonga misol qilib massa birligi etaloni – kilogramm-prototipini 
keltirish mumkin. U diametri va balandligi 39 mm ga teng bo‘lgan silindr shaklida 
bo‘lib, platinadan tayyorlangan (10-rasm). Uning massasi 1872 yilda tayyorlangan 
“arxiv kilogramm”, ya’ni temperaturai 4 
o
C bo‘lgan 1 dm
3
hajmdagi toza suvning 
massasiga teng qilib olingan.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin