Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Elektromexanik o‘zgartkichlar.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartkichlar 
kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, ko‘chish, kuchlanish, ...) ni chiquvchi elektr 
kattaliklar (kuchlanish, elektr toki, qarshilik, induktivlik, ...) ga o‘zgartirish uchun 
qo‘llaniladi.
Elektromexanik o‘zgartkichlar ikki guruhga bo‘linadi: parametrik va 
generatorli o‘zgartkichlar. 
Generatorli o‘zgartkichlar
- shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini 
shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. Masalan, 
termopara temperaturani termoEYUKga aylantirib, energiyani faqat o‘lchash 
obyektidangina oladi. Shunday qilib, generatorli o‘zgartkichlarda energiya va 
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi. 
Parametrik o‘zgartkichlar
- shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va 
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Xususan, agar obyektda 
qarshiligi temperaturaga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda 
axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish 
zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan temperaturaning o‘zgarishi haqidagi 
axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga 
bog‘liq bo‘lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir. 
Issiqlik o‘zgartkichlari.
Issiqlik o‘zgartkichlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
termoelektrik 
(termoparalar), 
termorezistorli 
(qarshilik 
termometrlari), 
termomexanik va manometrik. 
Issiqlik o‘zgartkichlaridagi chiqish kattaligi elektrik yoki noelektrik kattalik 
bo‘lishi mumkin, bu ular ishlashining fizik prinsipiga bog‘liq.
Termoparalar.
Keng tarqalgan termoelektrik o‘zgartkichlar – bu 
termoparalar hisoblanadi. Termoparalar ikki turli moddadan iborat o‘tkazgichlar 
uchlarini birlashtirib payvandlash orqali hosil qilinadi. O‘tkazgichlarning ikkinchi 
uchlari ikkilamchi asbobga ulanadi.
Termoparaning ikkita metalning kavsharlangan uchi “issiq” ulanma, erkin 
uchlari “sovuq” ulanma deyiladi (16-rasm). A va V o‘tkazgichlar termoelektrodlar 
deyiladi. Temoparada hosil bo‘ladigan EYUK ga termoEYUK deyiladi. 


50 
TermoEYUK hosil bo‘lishining sababi erkin elektronlar zichligi ko‘proq metalning 
erkin elektronlar zichligi kamroq metalga diffuziyasi bilan izohlanadi.
16-rasm. Termopara zanjiri. 
Termoparaning “issiq” ulanmasi elektronlari qiziganda ularning harakat 
tezligi, “sovuq” ulanmaning elektronlari tezligiga nisbatan ortadi. Termoparaning 
“sovuq” ulanma uchlariga manfiy zaryadlar, “issiq” ulanma uchlariga musbat 
zaryadlar to‘plana boshlaydi. Bu potensiallarning farqi termoparaning 
termoEYuKni tashkil qiladi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin