Datchiklar.
Nazorat qilinadigan yoki boshqariladigan kattalikni boshqa
turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun qulay signalga
aylantirib beruvchi elementga
datchik (ma’lumot beruvchi)
deyiladi.
O‘lchash obyektiga o‘rnatilgan va o‘lchamlari, massasi hamda ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarga, mustahkamligiga nisbatan alohida talablarga javob
beruvchi, zarur yordamchi elementlar bilan birga o‘lchov o‘zgartkichlarining bir
qator konstruktiv to‘plamini ham
datchik
deb atash qabul qilingan.
Umuman datchiklarnii sezuvchi element va о‘zgartkichdan iborat qurilma
deb qarash mumkin. Sezuvchi elementlar nazorat qilinadigan kattalikni о‘lchash
uchun qulay bо‘lgan signalga aylantirish uchun xizmat kiladi. О‘zgartkich esa
noelektrik signalni elektr signaliga aylantiradi. Chunki, datchikning kirish qismida
noelektrik yoki elektrik signallar qabul qilinishi mumkin. Qayta ishlashga va
masofaga uzatishga qulay bо‘lishi uchun datchiklar о‘lchash natijalarini elektrik
signallarga almashtiradi.
51
О‘lchanadigan qiymatning kо‘rinishiga nisbatan datchiklar quyidagicha
bо‘lishi mumkin: temperatura datchigi, namlik datchigi, sath datchigi, bosim
datchiki, sarf datchigi va boshqalar.
Datchiklarni ishlash prinsipi bо‘yicha ikki guruhga bо‘lish mumkin:
parametrli (masalan, termoqarshilik);
generatorli (msalan, termopara).
Parametrli datchiklarda nazorat qilinadigan noelektrik qiymatlar elektr
zanjirning parametrlariga aylantiriladi: qarshilikka, induktivlikka, sig‘imga.
Parametrli datchiklar aktiv qarshilikli (kontakli, reostatli, potensiametrli,
tenzodatchikli, termorezistorli) va reaktiv qarshilikli (induktiv va sig‘imli) bо‘ladi.
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar.
Bu datchiklar tizimdagi
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni,
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi.
Ularning ishlash prinsipi о‘lchanadigan kirish kattaliga ta’siri natijasida
maxsus elementlarning qarshiligi о‘zgarishiga asoslangan.
Datchik qarshiligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
s
l
R
bu yerda
- о‘tkazgich solishtirma qarshiligi;
l
- datchik о‘tkazgichi
uzunligi;
s
- о‘tkazgich kо‘ndalang kesim yuzasi.
Reostatli datchik
– harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan noelektrik
kattalik
х
ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik. Bunda, reostatning qarshiligi
r
о‘lchanayotgan noelektrik kattalik
х
ga bog‘lik bо‘ladi
)
(
x
f
r
.
Reostatli datchik б burchak siljishini chiqishdagi 0 va 1 klemmalar orasidagi
R
б
–elektrik qarshilikka aylantiradi (17-rasm, a).
Potensiometrik datchiklar
– reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi. Kontaktning kо‘chishi X
datchikning kirish kattaligi hisoblanadi, R
yu
yukning qarshiligidagi U
yu
kuchlanish
esa chiqish kattaligi bо‘ladi (17-rasm, b).
52
17-rasm. Aktiv qarshilikli parametrik datchik: a-reostatli datchik kontruksiyasi;
b - datchikni potensiometr sxemasida ulanishi; R-datchikning tо‘liq qarshiligi,
R
x
- datchikning kontaktning kо‘chishiga mos keladigan bir qism qarshiligi
Salt ishlash rejimida, ya’ni
Dostları ilə paylaş: |