Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


  1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 


28 
1.7. O‘lchashlarning sifat mezonlari 
Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va 
mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu 
mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan: 
Aniqlik
– bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga 
yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari 
tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10
– 3
bo‘lsa, uning aniqligi 10
3
bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, 
shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam 
bo‘ladi. 
Ishonchlilik
– o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon 
hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun 
xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni 
ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi. 
To‘g‘rilik
– o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. 
Mos keluvchanligi
– bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi 
tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi. 
Qaytaruvchanlik
– ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil 
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – 
biriga yaqinligini bildiradi. 
I-bob bo‘yicha umumiy xulosalar 
O‘lchash amali asosan fizik kattaliklarning qabul qilingan birlikdagi 
miqdoriy qiymatini aniqlash tajrubasi hisoblanadi. O‘lchash natijasiga erishish 
bilan o‘lchash jarayoni tugallangan hisoblanadi. O‘lchash jarayonida 
o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini aniqlashning bir qancha yo‘llari, ya’ni 
turlari mavjud. Biz qanday o‘lchash turidan foydalanishimiz o‘lchanayotgan 
kattalikning turiga, o‘lchash maqsadi va sharoitiga, qo‘llaniladigan o‘lchash 


29 
vositalariga va boshqalarga bog‘liq. O‘lchashlar oldiga qo‘yilgan maqsadiga, 
sohasiga va qo‘llanilish doirasiga, kattalikning xususiyatiga, o‘lchashlar soniga va 
boshqalarga bog‘liq ravishda turlarga ajraladi. O‘lchashlarni amalga oshirishda 
turli o‘lchash usullaridan, jumladan, bevosita baholash usuli, o‘lchov bilan 
solishtirish, mos kelish, kontaktli o‘lchash, kontaktsiz o‘lchash va shu kabi 
uslublardan foydalaniladi.
Kattaliklar ham bir qancha turlarga ajraladi. Har bir kattalik, asosan fizik 
kattaliklar, o‘z birligiga ega. O‘lchash natijalarini ifodalashda kattaliklar 
birliklarining ulushli va karrali, birliklar tizimiga kiruvchi va kirmaydigan 
birliklaridan foydalanamiz. O‘lchash natijalarini ifodalashda, albatta, standartlar va 
boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etish lozim bo‘ladi.

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin