Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


-rasm. O‘lchashlar noaniqligining klassifikatsiyalanishi.  Kattalik bahosining standart noaniqligi



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

 
5-rasm. O‘lchashlar noaniqligining klassifikatsiyalanishi. 
Kattalik bahosining standart noaniqligi
 
– 
o‘rta arifmetik qiymatning standart 
og‘ishi sifatida ifodalangan, o‘lchash natijasining noaniqligidir.
Yig‘indi standart noaniqlik 
– 
bir necha o‘zaro matematik bog‘langan kattalik 
qiymatlari asosida natija olingandagi, o‘lchash natijalari standart noaniqligidir
.
Kengaytirilgan noaniqlik 
– o‘lchash natijasi atrofidagi intervalni 
xarakterlovchi kattalik bo‘lib, kutilaлtgan ehtimollik qamarovida o‘lchash natijasi 
qiymatlarining taqsimlanishini ifodalaydi.
O‘lchashlar noaniqligini baholashning bosqichlari. 
Odatda o‘lchash natijasi 
faqat approksimatsiya yoki o‘lchanayotgan kattalik qiymatining bahosidir. U faqat 
noaniqlik qiymati bilan kuzatib borilgandagina to‘liq bo‘ladi. 


22 
O‘lchanayotgan kattalliklar qiymatini va uni noaniqligini baholash 
jarayonini quyidagi 8 ta bosqich ko‘rinishida tasavur qilish mumkin: 
1- bosqich. O‘lchanaлtgan kattalikni tavsiflash va uning modelini tuzish; 
2 - bosqich. Noaniqlik manba’larini aniqlash; 
3- bosqich. Tashkil qiluvchi noaniqliklarni miqdoriy jihatdan tavsiflash;
4 - bosqich. Korrelyatsiya tahlili; 
5 - bosqich. Noaniqlik budjetini tuzish; 
6 - bosqich. Chiqish kattalikni bahosini hisoblash; 
7 - bosqich. Yig‘indi (chiqish kattalikning) standart noaniqlikni hisoblash; 
8 - bosqich. Kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash va o‘lchash natijasining yakuniy 
tavsifini taqdim etish. 
O'lchash noaniqligini baholash.
Qandaydir o'lchash natijasiga xos bo'lgan 
noaniqlikni baholash uchun quyidagi amallarni bajarish kerak. 
1-bosqich. O'lchanayotgan kattalikni tasvirlash. 
O'lchash kattaligi va u bilan 
bog’liq bo'lgan parametrlar o'rtasidagi nisbatni kiritgan holda aynan nima 
o'lchanayotganligini aniq ifodalash zarur (masalan, o'lchash kattaliklari, 
konstantalar, darajalash uchun etalonlar qiymatlari va boshqalar). Mumkin bo'lgan 
joyda ma'lum sistematik effektlarga tuzatishlar kiritiladi. Bunday tasviriy axborot 
odatda muvofiq hujjatda metodikaga yoki metodning boshqa tasvirida keltiriladi. 
2-bosqich. Noaniqlik manbalarini aniqlash.
Noaniqlik manbalarining ro'yxati 
tuziladi. U 1- bosqichda belgilangan xuddi o'sha nisbatda parametrlar noaniqligiga 
hissa qo'shadigan manbalarni o'z ichiga oladi, lekin noaniqlikning boshqa 
manbalarini, masalan, ximiyaviy taxminlardan kelib chi?adigan manbalarni ?am 
o'z ichiga olishi mumkin. 
3-bosqich. Noaniqlikni tashkil etuvchilarning miqdoriy tasvirlanishi. H
ar bir 
aniqlangan potentsial manbaga xos bo'lgan noaniqlik qiymati aniqlanadi va 
baholanadi. Ko'pincha noaniqlikning bir qancha manbalar bilan bog’liq bo'lgan 
yagona hissasini baholash yoki aniqlash mumkin. Shuningdek mavjud ma'lumotlar 
noaniqlikning barcha manbalarini etarli darajada hisobga olayotganligini ko'rib 
chiqish muhim va noaniqlikning barcha manbalarining adekvat hisobga olinishini 


23 
ta'minlash uchun zarur bo'lgan qo'shimcha eksperimentlar va tadqiqotlarni puxta 
rejalashtirish zarur. 
4-bosqich. Yakuniy noaniqlikni hisoblash. 
3-bosqichda olingan axborot 
umumiy noaniqlikka bo'lgan yoki alohida manbalar bilan yoki bir qancha 
manbalarning yakuniy effektlari (samaralari) bilan bog’liq bo'lgan bir qancha 
miqdoriy tasvirlangan xossalardan iboratdir. Bu xossalarni standart og’ishlar 
ko'rinishida ifodalash va mavjud qoidalarga muvofiq yakuniy standart noaniqlikni 
olish uchun ularni jamlash zarur. Kengaytirilgan noaniqlikni olish uchun tegishli 
qamrov koeffisientidan foydalanish zarur. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin