Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


Pishang-tishli mexanizmli o‘lchash kallaklari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

Pishang-tishli mexanizmli o‘lchash kallaklari.
Asosan, 
pishang 
tishli 
uzatmali kallaklarning ikki turi qo‘llanadi: pishang- tishli indikatorlar va
 
pishang-
tishli kallaklar. 
 
Pishang-tishli indikatorlar
- uzatish mexanizmi bir yoki ikki tishli 
juffliklardan tarkib topgan, buning ustiga o‘lchash uchligi bevosita pishangli 
uzatmaning kichik yelkasida (birinchi yelkasida) joylashgan o‘lchash kallaklari bor 
(54-rasm). 
Pishang-tishli indikatorni o‘lchash tayoqchasi yo‘q, o‘lchash uchligi (1) esa 
bevosita pishang uzatmasi kichik yelkasining uchida joylashgan. Pishangli uzatma 
katta yelkasi (2) ning uchida tishli g‘ildirakcha (9) bilan ilashgan tishli sektor (3) 
joylashgan. Tishli g‘ildirakcha (9) o‘qida tishli g‘ildirakcha (8) o‘rnatilgan. 
G‘ildirak (8) ning yon tomonida tishlar kesilgan yon tishli g‘ildirak joylashgan. 
G‘ildirakcha (8) o‘qida mil (4) joylashtirilgan g‘ildirakcha (7) bilan ilashadi. Mil 
yordamida ko‘rsatish shkala (5) dan o‘qib olinadi. Tishli uzatmalarning bir 
profillari bo‘yicha ilashish soatsimon indikatorlaridagidek tishli g‘ildirak (7) ning 
o‘qida joylashgan «qil prujina» (6) yordamida amalga oshiriladi. 


96 
54-rasm. Pishang-tishli yon shkalali indikatorlar: 
a
– sxemasi;
b
– umumiy ko‘rinishi.
Pishang-tishli indikatorlar yordamida, asosan, tepishlar o‘lchanadi. 
O‘lchanayotgan yuzalarga nisbatan indikatorlar yon tomoni bilan o‘rnatiladi. 
Shuning uchun ko‘pincha bu kallaklarni o‘q bo‘yicha harakatlanuvchi, ya’ni 
o‘lchash chizig‘ining o‘qini o‘lchash tayoqchasining o‘qiga mos keluvchi 
(masalan, soatsimon indikatorlar) kallaklardan farqlab, yon harakatli kallaklar deb 
atashadi. O‘lchash qiyin bo‘lgan joylarda uchlik (1) o‘rnatilgan pishangli 
uzatmaning birinchi yelkasi ikkinchi yelkasi (2) bilan kuchli yassi prujinali friksion 
qurilma yoki mufta orqali biriktiriladi. Bunday tuzilishi tufayli birinchi 
pishangning birinchi yelkasi ikkinchi yelkasiga nisbatan o‘rta holda ± 90° ga 
burilishi mumkin. Ishning qulay bolishi uchun pishang-tishli indikatorlarning 
ko‘pchiligida yelka (2) ni eng chekka chap yoki o‘ng hollarga buruvchi o‘zgartkich 
(11) ko‘zda tutilgan. Shu tufayli, o‘lchash chizig‘ining yo‘nalishi o‘zgaradi. 
O‘zgartkichi yo‘q, lekin ikki yo‘nalishda o‘lchashni ta’minlovchi kallaklar ham 
ma’lum. Bunga yon shkalali, tashqi korpusli silindrik pishang-tishli indikator misol 
bo‘ladi. Zarur bo‘lganda, kerakli tomonga kallakni o‘zi buriladi. O‘lchamni yanada 
qulaylash uchun indikatorlar maxsus oshiq-moshiqli tutqich (10) bilan 
ta’minlanadi. 


97 
Pishang-tishli indikatorlar yengil (30—50 g) va o‘lchash kuchi kam (8 dan 
35 N gacha) bo‘lgani uchun ular olcham tebranishlarini, ayniqsa, noqulay joylarda 
va ko‘pincha bevosita stanoklarda o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Bo‘linmalarning 
qiymati, odatda, 0,01 mm, ba’zan 0,002 mm ga teng bo‘ladi. Bo‘linmalarining 
qiymati 0,001 mm ga teng indikatorlarni o‘lchash ko‘lami 0,8 mm (nol belgisi 
bilan ±40 bo‘linma), bo‘linmalari 0,002 mm ga teng bo‘lgan indikatorlarniki esa 
0,2 mm ga teng. Odatda, pishang-tishli indikatorlar bir aylanishli bo‘ladi. Uzatish 
mexanizmi pishang va tishli uzatmalardan tarkib topgan, o‘lchash tayoqchasi o‘qi 
bo‘yicha harakatlanuvchi o‘lchash kallaklari pishang-tishli o‘lchash kallaklari deb 
ataladi. 
O‘lchash tayoqchasi o‘qi bo‘yicha harakatlanuvchi o‘lchash kallagi bo‘lmish 
soatsimon indikatordan farqi shundaki, pishang-tishli o‘lchash kallaklarida 
mexanizmning kinematik zanjir boshida pishanglar qo‘llash natijasida bu kallaklar 
bo‘linmalarining qiymatlari 0,001 va 0,002 mm gacha kamaytirilgan. Pishang-
tishli kallaklar, odatda, bir va ko‘p aylanishlarga bo‘linadi. Bir aylanishli kallaklar, 
odatda, ikki pishangli va bir tishli juftliklardan tarkib topgan (55-rasm). 
Uchida uchligi bor o‘lchash tayoqchasi (1) yuqorisidagi yassi yuzasi bilan 
birinchi pishang juftligi kichik yelkasi (11) ning uchida joylashgan sferaga tegib 
turadi. Pishangli uzatmaning katta yelkasi (7) sektor (5) da joylashgan sferik 
tayanchga tegib turadi. Sektor (5), o‘qida mil (3) o‘rnatilgan tishli g‘ildirakcha 
bilan ilashgan. Shu o‘qning o‘ziga «qil prujinaning» bir uchi mahkamlangan, 
ikkinchi uchi esa mexanizm o‘rnatilgan asosga mahkamlangan. 
«Qil prujinaning» vazifasi tishli g‘ildiraklarning bir profili bo‘yicha 
ilashishini ta'minlashdir. Pishang va tishli uzatmalar hammasi bitta asos (plata)da 
joylashgan. Nolga qo‘yish uchun asos murvat (10) yordami bilan o‘q (9) atrofida 
buriladi. Prujina (6) asosni murvat (9) ga taqab turadi. Binobarin, murvat (10) 
buralishi bilan butun mexanizm tayoqcha (1) dagi qo‘zg‘almas tekislik atrofida 
buriladi. O‘lchash uchligini arretirlash o‘lchash tayoqchasi (1) ning yuqorisidagi 
uchiga ta'sir qiluvchi pishang (2) yordamida amalga oshiriladi. Kallakning 
korpusida joizlik chega- ralaririi joriy qiluvchi ko‘chma ko‘rsatkichlar o‘rnatilgan. 


98 
 
55-rasm. ИГ rusumidagi bir aylanishli pishang-tishli o‘lchash kallagi:
a
– sxemasi;
b
- umumiy ko‘rinishi. 
Ko‘p aylanishli kallaklar
(55-rasm) bir aylanishli kallaklarga nisbatan 
kattaroq ko‘rsatish ko‘lamini ta’minlaydi. Bunga yana bitta pishang uzatmasi 
qo‘shilishi bilan erishiladi. Bu kallak ko‘p aylanishli bo‘lganligi uchun uning 
sxemasi o‘qida aylanish sonini hisoblovchi mil o‘rnatilgan qo‘shimcha tishli 
g‘ildirakcha ko‘zda tutilgan. Qolgan hamma sxematik va prinsipial yechimlari bir 
aylanishli kallaklardagidek. 
Pishang-tishli o‘lchash kallaklarining turlari bo‘linmalari qiymati bilan 
farqlanadi. Kallaklar, asosan bo‘linmalari qiymati 0,001 mm va 0,002 mm ga teng 
ishlab chiqariladi. Bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lgan bir aylanishli 
kallaklarning ko‘rsatish ko‘lami ± 0,05 mm ga va 0,002 mm lilarniki ±0,10 mm ga 
teng. Ko‘p aylanishli kallaklarda esa bo‘linmalari qiymati 0,001 mm bo‘lsa, 
ko‘rsatish ko‘lami 1 mm gacha, 0,002 mm bo‘lsa, 2 mm ga teng. 

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin