Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning


 Moddalar sarfini va miqdorini o‘lchash asboblari



Yüklə 8,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/106
tarix18.09.2023
ölçüsü8,92 Mb.
#145144
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106
Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jaray

3.14. Moddalar sarfini va miqdorini o‘lchash asboblari
Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifatini va nazoratni samaradorligini 
oshirish moddalar sarfi va miqdori bilan ham bog‘liq. Sanoatda asosiy texnologik 
jarayonlar xomashyoning turli komponentlari va tashkil etuvchilarini yuqori sifatli 
mahsulot olish maqsadida aralashtirish bilan ifodalanadi. Sarfni o‘lchash 
tizimlarining qo‘llanilishi sarflanayotgan energiya tashuvchilarni (suv, bug‘, gaz, 
yonilg‘i) hisobga olish va nazorat qilish bo‘yicha texnik masalalarning hal 
qilinishini soddalashtiradi, jarayonlarni optimal rejimini ishlab chiqarishni shart 
sharoitlarga bog‘liq holda tez aniqlash imkonini beradi. 
Suyuqlik va gaz oqimi son jihatdan tezlik va sarf orqali ifodalanadi.
Sarf 
deb, bir birlik vaqt ichida truboprovod kesimidan o‘tayotgan gaz yoki 
suyuqlik miqdoriga aytiladi. 
Sarf Q hajm yoki M massa ifodalanishi mumkin. Moddaning hajmiy sarfi l/s, 
m
3
/s, m
3
/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. 
Sarfni o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblarga 
sarf o‘lchagichlar
 
deyiladi. 
Sarf o‘lchagichlar oniy sarfni o‘lchaydi. 
Modda 
miqdorini 
o‘lchaydigan 
asboblar 
hisoblagichlar
deyiladi. 
Hisoblagichlar modda miqdorini istalgan vaqt maboynida (sutka, oy, yil) 
o‘lchaydi. Modda miqdori hajm (litr, m
3
) yoki massa (kg, t) kabi birliklarda 
ifodalanadi.
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va 
tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, 
bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
1.
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar - o‘lchanayotgan muxit 
oqimida joylashgan siquvchi qurilma-diafragmada bosim 
farqini 
o‘lchashga asoslangan; 
2.
Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar - o‘lchanayotgan muhit 
oqimidagi gidrodinamik bosimni poplavka (ishchi yuza) orqali o‘lchashga 
asoslangan; 


160 
3.
O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 
4.
Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar; 
5.
Ultratovushli, issiqlik (kalorimetrik) va ionli sarf o‘lchagichlar; 
6.
Taxometrik o‘lchash asboblari – o‘lchanayotgan muxit oqimida joylashgan 
o‘lchash asbobining aylanuvchi qismini aylanishlar chastotasini o‘lchashga 
asoslangan. 
7.
Tezlik bosimi sarf o‘lchagichlar; 
Bosimlar farqi orqali sarfni o‘lchash.
 
Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf 
o‘lchagichlar –
quvurlardagi bug‘, gaz va suyuqliklarni sarfini o‘lchash uchun har 
xil tipdagi bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlardan foydalaniladi. Sarfni 
bunday o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq – 
diafragma yoki soplo o‘rnatish natijasida xosil bo‘ladigan modda potensial 
energiyasi (statik bosimi)ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan(109-rasm).
109-rasm. Standart toraytiruvchi qurilmalar sxemasi: 
a – diafragma (dumaloq teshikli yupqa disk); b – soplo (kirish qismi ravon toraygan, 
chiqish qismi esa silindrdan iborat), c – Venturi soplosi, d – Venturi quvuri. 
Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga 
o‘rnatilib, sun’iy torayish hosil qilinadi. Modda quvurni torayish joyidan 
o‘tayotganda uning tezligi (kinetik energiyasi) oshadi. Tezlikning ortishi oqimning 
kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Natijada 


161 
to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. 
Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi 
2
1

Yüklə 8,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin