Elektr manometrlar.
Bosimni o‘lchashda elektr manometrlardan ham keng
foydalaniladi. Sezuvchi elementiga nisbatan elektr manometrlar
induktiv
manometrlar, sig‘imli manometrlar, qarshilikli manometrlar, pezoelektrik
manometrlarga
bo‘linadi.
Induktiv manometrning
ishlash prinsipi g‘altak induktivligining tashqi
bosim ta’siridan o‘zgarishiga asoslangan:
S
L
0
2
,
154
bu yerda
- g‘altak o‘ramlari soni,
0
- havoning magnit singdiruvchanligi,
S
-
magnit o‘tkazgich ko‘ndalang kesimining yuzi,
- havo oralig‘i uzunligi.
104-rasmda induktiv o‘zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni
o‘lchash o‘zgartkichining sxemasi ko‘rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana
1 o‘ramli elektromagnit 2 ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. Ulchanayotgan
bosim ta’sirida membrana siljiydi, bu induktiv o‘zgartkichli elementning elektr
qarashiligini o‘zgartiradi.
104 – rasm. Induktiv manometr sxemasi
Sig‘imli manometrning
ishlash prinsipi bosim o‘zgarishi bilan yassi
kondensator qoplamalari o‘rtasidagi masofani o‘zgarishi natijasida uning
sig‘imining o‘zgarishiga asoslangan. Kondensator sig‘imining qoplamalari
o‘rtasidagi masofaga bog‘liqligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
l
S
C
,
bu yerda
S
- qoplamalar yuzi,
- qoplamalar orasidagi muhitning dielektrik
singdiruvchanligi,
l
- qoplamlar o‘rtasidagi masofa.
Sig‘imli
manometrning prinsipial sxemasi
105-rasmda keltirilgan.
O‘lchanayotgan bosim asbobga naycha 1 orqali beriladi va membrana 2 orqali
qabul qilinadi. Membrana 2 va elektrod 3 kondensator qoplamalarini hosil qiladi.
Bosim ta’sirida membrana egilib, etektrod 3 ga yaqinlashadi. Membrananing
egilishi natijasida
l
masofa o‘lchanayotgan bosimga nisbatan mutanosib o‘zgaradi.
Qoplamalarning yuzi
S
va dielektrik singdiruvchanlik
o‘lchash jarayonida
o‘zgarmaydi.
|