147
Mutloq (absolyut) bosim
modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri
bo‘lib, atmosfera va ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:
Р
mut.
= Р
аtm.
+ Р
оrt.
.
Atmosfera bosimi
– yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi.
Uning
qiymati barometrlarda o‘lchanadi va barometrlik bosim deyiladi. Normal atmosfera
bosimi 100 kPA (760 mm sim.ust) ga teng.
Ortiqcha bosim
–
mutloq va atmosfera bosimlari oralig‘idagi farqdan iborat:
Р
оrt
= Р
mut.
- Р
аtm.
Ortiqcha bosim musbat yoki manfiy bo‘lishi mumkin. Manfiy ortiqcha bosim
vakuum yoki siyraklanish deyiladi. Agar mutloq bosim atmosfera bosimidan
kichik bo‘lsa, vakuum yoki siyraklanish sodir bo‘ladi:
Р
v
= Р
аtm.
- Р
mut.
Bosimni o‘lchaydigan asboblar ishlash
prinsiplariga asosan suyuqlik,
deformatsion (prujinali, silfonli, membranali),
yuk-porshenli, elektr, ionli va
issiqlik kabi turlariga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan kattalikning turiga nisbatan bosim o‘lchash
asboblari
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.
Manometr – mutloq (absolyut) va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
2.
Barometr – atmosfera bosimini o‘lchaydi;
3.
Vakuummetr – berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining
siyraklanishini o‘lchaydi;
4.
Manovakuummetr – ortiqcha bosim va bosim siyraklanishini o‘lchaydi;
5.
Naporometr – kichik qiymatli (50 m suv ust. dan katta bo‘lmagan) ortiqcha
bosimni o‘lchaydi;
6.
Tyagometr – kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
8. Tyagonaporometr - kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydi;
9. Differensial manometr – ikki bosim ayirmasini (bosim farqini) o‘lchaydi.
Suyuqlikli bosimni o‘lchash asboblari.
Bu asboblarning
ishlash prinsipi
o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosim bilan
muvozanatlashishiga asoslangan. Suyuqlikli manometrlarda sezgir element sifatida
suyuqlik ustunidan foydalaniladi. Bu asboblarda qo‘llaniladigan suyuqlik - simob,
148
transformator moyi, suv, toluol va spirt bo‘lishi mumkin.
Suyuqlikli bosim
o‘lchash asboblarida tutash idishlar prinsipi qo‘llaniladi.
Bosimni o‘lchashda suyuqliklardan foydalanish g‘oyasi birinchi marta
italyan olimi E.Torrichelli tomonidan (1640 yil) taklif
etilgan Birinchi simobli
manometer italyan mexanigi V.Viviani (1642 yil) va fransuz olimi B.Paskal (1646
yil) yaratilgan. Suyuqlikli manometrlarning quyidagi turlari mavjud: U-simon (ikki
naychali), chashkali (bir naychali) va ikki chashkali. Zamonaviy suyuqlikli
manometrlarning o‘lchash diapazoni 0,1
Dostları ilə paylaş: