228
Maxsus etalon
– birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib
xizmat qiladigan
etalon.
Ikkilamchi etalon
– birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi
etalonidan oladigan etalon.
Nusхa–etalon
– birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon.
Ishchi etalon
– birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash
vositalariga uzatish
uchun mo‘ljallangan etalon.
Aniqlik
– bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga
yaqinligini ifodalaydi.
Ishonchlilik
– o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon
hisoblanadi.
To‘g‘rilik
– o‘lchash natijalaridagi muntazam
xatoliklarning nolga
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Mos keluvchanligi
– bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
Qaytaruvchanlik
– ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir –
biriga yaqinligini bildiradi.
Standart namuna
– modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda
– muayyan tayyorlash
sharoitida hosil qilinadigan, aniq
xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza temir”, “toza
suv”, “toza metall” va boshqalar.
O‘lchovlar magazini
- sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta
ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar
to‘plami.
Variometr
- har biri o‘zgarmas qiymatli
induktivlikka ega va biri
ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilma.
229
O‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov
berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi
mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi.
Parametrik o‘zgartkichlar -
kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladigan
o‘lchash o‘zgartkichlari. Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi
(termopara).
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
- kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun
mo‘ljallangan o‘zgartkich.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash o‘zgartkichi
ishining birinchi
bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik
qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki
o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga
uzatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: