Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammolari sanoat korxonasi foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma


SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI



Yüklə 81,86 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü81,86 Kb.
#207853
1   2   3   4   5   6
Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammol

4. SANOAT MAHSULOTLARINING MATERIAL VA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISH YO‘NALISHLARI

O`zbekiston iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o`rin tutib, iqtisodiy rayonlar va viloyatlarning, ijtimoiy ishlab chiqarish, texnikaviy darajasini belgilab beradi. Mamlakat asosiy fondlarining 40, yalpi ichki mahsulotning 15, milliy daromadning 25 foizi sanoatga to`g`ri keladi. Iqtisodiyotda band bo`lgan mehnat resurslarining salkam 13 foizi (yoki 1,1 mln.dan ortiq kishi) sanoat tarmoqlarida ishlaydi. Mustaqillik yillarida respublikada sanoatni ustivor rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ichki va xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish, yangi korxonalar qurish, eskilarini qayta jihozlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, korxonalarda mulkchilik shakllarini o`zgartirish, resurslardan oqilona foydalanish va h.k. sanoatning barqaror rivojlanishini ta`minlamoqda. Respublikamizda 2021 yilda 2011 yilga nisbatan sanoat yalpi mahsuloti hajmi 114 %, Qirg`izistonda -68 %, Tojikistonda-38 foizni tashkil etdi.


O`zbekistonda ayniqsa, gaz, neft, kimyo, mashnasozlik, rangli metallurgiya, yoqilg`i sanoati tarmoqlari jadal sur`atlar bilan o`sdi. Sanoat taraqqiyotini jadallashtirish valyuta-moliyaviy, xalq xo`jaligining tashqi bozorga qaramligini zaiflashtiradi. Sanoatning iste`mol buyumlari bilan o`zini-o`zi ta`minlashi esa xalq turmushi darajasini ko`tarishni kafolatlaydi.
jadval.
Mamlakat sanoatida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi sub`yektlar tarkibi (2002 yil, foizda).


Davlat

Nodavlat

Mahsulot va xizmatlar hajmi


28,6

71,4

Sanoat ishlab chiqarish xodimlar soni


20,5

79,5

Mustaqillik yillarida sanoatning yangi, yuqori texnologiyaga ega bo`lgan tarmoqlari (avtomobilsozlik, radiotexnika, malakali kadrtalab, mashinasozlik va h.k.) vujudga keldi. Hozirgi vaqtda respublika sanoat tarkibida 100 dan ortiq tarmoq va tarmoqchalar mavjud bo`lib, ular bir necha majmualarni tashkil etadi.


Umuman, respublika sanoat tarmoqlarining hozirgi tarkibida eng katta ulushni yoqilg`i-energetika majmui (24,1 %) egallaydi (10-jadval). Undan keyin yengil sanoat 19,4, metallurgiya - 17,9, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 12,0 foizga teng.
Yoqilg`i-energetika majmui. Mamlakat yoqilg`i-energetika majmuiga-gaz, neft, ko`mir va energetika sanoatlari kiradi. Bu sanoat majmuining mamlakat sanoat ishlab chiqarishdagi hissasi 24,1 foizga teng. O`zbekistonning g`arbiy va O`zbekiston O`rta Osiyoda samolyotlar, avtomobillar, paxta terish, ip yigiruv, to`quv mashinalari, traktorlar, ekskovatorlar, yuk ko`taruvchi kranlar, liftlar, qorametall, prokat kabi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yagona mamlakatdir.
janubiy hududlarida topilgan neft, gaz va ko`mir konlarining katta zahiralariga tayanib yildan-yilga mazkur sanoat tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko`mir zahiralari esa 2 milliard tonnadan ortiq. Respublikamiz neft zahiralariga ham boy. Neft, gaz va elektr energiya o`z ehtiyojlarimizni to`la ta`minlabgina qolmay, ko`p miqdorda eksport ham qilinadi. Hozir bu majmua kapital mablag` sarflash hamda chet el investitsiyalarini jalb etishning eng foydali sohalaridan biri bo`lib qoldi. Mazkur sanoat majmui ikki guruhga: yoqilg`i va elektr energetika sanoatiga bo`linadi. Yoqilg`i sanoati - O`zbekiston og`ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u tabiiy gaz, neft, ko`mir qazib chiqarishni va ularni qayta ishlashni hamda tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Respublikada 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-Xiva havzasida, 27 tasi Farg`ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft, neft, gaz-neft kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud.O`zbekiston yoqilg`i-energetika sanoatining yirik-yirik konlari va ularning zahiralari chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda o`rganilib, iqtisodiy jihatdan baholanmoqda hamda qazib olinib, qayta ishlanmoqda. Mutaxassislar baholashicha, O`zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz mavjud bo`lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko`rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg`ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod baholanmoqda.
O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi

Mahsulot turlari


O`lchov birligi


2000

2001

2002

2003

2004

Neft (gazkondensati bilan birga)

ming tonna


7534

7253

7241

7134

6580

Tabiiy gaz

mlrd m3

56,4

57,4

58,4

57,5

59,8

Ko`mir

ming tonna

2500

2711

2737

1910

2700

Elektr energiyasi

mlrd kVt


46,8

47,9

49,3

48,7

49,6


Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat huhudidan topilgan 70 dan ortiq neft, gaz va gazkondensatli konlardan hamda mavjud uchta ko`mir konidan foydalanilmoqda. 50 dan ortiq neft, gaz va gazkondensat konlar esa foydalanishga tayyorlab qo`yilgan.

Mamlakat yoqilg`i sanoati respublika yoqilg`i-energetika majmuining belgilovchi tarmog`idir. U barcha turdagi yoqilg`i xom ashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning xom ashyoni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan yirik korxonalari Buxoro (Qorovulbozor), Qashqadaryo (Sho`rtan, Muborak), Toshkent (Angren), Surxondaryo (Sharg`un, To`da) va Farg`onada joylashgan. Yoqilg`i sanoati tez o`sib bormoqda. Masalan, 1980 yilda mazkur sanoat tarmog`ida respublika sanoat yalpi mahsulotining 8,8 foizi ishlab chiqarilgan bo`lsa endilikda bu ko`rsatkich salkam ikki marta o`sdi. Respublika sanoatida band bo`lgan ishchi va xizmatchilarning 6 foizi yoqilg`i sanoati tarmoqlarida ishlashadi.




Yüklə 81,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin