Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammolari sanoat korxonasi foydasining taqsimlanishi va ishlatilishi sanoat korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy va ma


SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI



Yüklə 81,86 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü81,86 Kb.
#207853
1   2   3   4   5   6
Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammol

3. SANOAT KORXONALARIDA ASOSIY ISHLAB CHIQARISH FONDLARINING JISMONIY VA MA’NAVIY ESKIRISHINI OLDINI OLISH MUAMMOLARI

Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan oʻrniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga boʻlinadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat boʻladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga boʻlinadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti boʻlgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga koʻra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xoʻjalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bogʻlar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda koʻrsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xoʻjaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat koʻrsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural koʻrsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xoʻjaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha koʻrinishlarini turlar boʻyicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga oʻtadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini koʻrsatadi.


Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarish jarayonida tutgan roliga qarab, ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: xom ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, chiqindilar (qaytariladigan), yoqilg'i, qadoqlash va qadoqlash materiallari, ehtiyot qismlar. , past baholi va eskirgan narsalar.
Xom ashyo va asosiy materiallar - bu mahsulot ishlab chiqariladigan mehnat ob'ektlari (ular mahsulotning moddiy asosini tashkil qiladi). Shu bilan birga, xomashyo qishloq xoʻjaligi va qazib oluvchi sanoat mahsulotlari (don, paxta, sut va boshqalar), materiallar esa ishlab chiqarish sanoati (qand, gazlama va boshqalar) mahsulotlari hisoblanadi.
Yordamchi materiallar xom ashyo va materiallarga mahsulotga ma'lum iste'mol xususiyatlarini berish yoki asboblarni parvarish qilish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtirish uchun ishlatiladigan materiallar deb ataladi (kolbasa ishlab chiqarishdagi piyoz, qalampir va boshqa ziravorlar, moylash materiallari va boshqalar).
Korxonada aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish metodikasi
Korxonaning moliyaviy holati bevosita aylanma mablag'lar holatiga bog'liq, shuning uchun ular ularni tahlil qilishga alohida e'tibor berishlari kerak.
Aylanma aktivlarni tahlil qilishdan maqsad ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. korxonaning aylanma mablag'lar bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash;
2. aylanma mablag'larning tarkibi va tuzilishini o'rganish;
3. korxonada aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini o'rganish;


Yüklə 81,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin