Sanoatda korporativ boshqaruv tizimini keng joriy qilish muammol
Xulosa
O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri, iqtisodiyotning real sohalarida faollikni jonlantirishga yo’naltiruvchi moliyaviy barqarorlikka erishish hisoblanadi. O’zbekiston iqtisodiyotida aktsiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli yashovchanligi va raqobatbardoshligini ta’minlash masalasi ular ishlab chiqarish salohiyatini tubdan o’zgartirish va zamonaviylashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi, va bunga katta hajmdagi kapital quyilmalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar talab qilinadi. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti real sektoriga faol ravishda investitsiyalarni jalb qilish mexanizmi sifatida fond bozori shakllandi , hamda ko’p ukladli iqtisodiyotni qurish uchun zarur poydevor bo’lgan yangi mulkiy munosabatlarning o’rnatilishiga imkon beradigan qonunchilik negizi yaratildi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohatlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qaratilgan bo’lib4 , ularning asosiy mahsullaridan biri tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan turli mulkchilikka asoslangan aktsiyadorlik va ulush-paychilik shakllaridagi korxonalar hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat yuritishi ko’p jihatdan korporativ munosabatlar tizimini rivojlanishiga bevosita bog’liqligi sababli hozirda aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv asoslarini chuqurroq o’rganish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida samarali faoliyat yuritishning korporativ boshqaruv modeli va mexanizmi aktsiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, barqaror industrial va iqtisodiy o’sishni ta’minlash kabi muammolar echimini taminlashi mumkin. Bu muammolarni samarali echimi kompaniyalarning moliya bozoridagi raqobatbordoshliligi va havfsizligi, barqarorligi hamda investorlar uchun jalbdorliligi va risksizligi darajasini ta’minlash bilan uzviy bog’liq. Korporativ boshqaruvning muammolarini bartaraf etish nazariy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etib, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida mazkur faoliyat muammolarini tadqiq etuvchi nazariy ishlanmalar va amaliy asoslarning sezilarli darajada zamon talabidan ortda qolayotganligi ushbu muammolar bo’yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini alohida qayd etmoqchimiz. Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilab berib, mazkur sohada alohida ilmiy izlanish olib borishni taqazo etmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda fond bozorlarini shakllantirish jarayonlari bo’yicha jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ularning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan investitsion infratuzilmaning o’z vaqtida yaratilishi bilan bog’liq bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2018.
2. O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni //«Xalq so‘zi» gazetasi. 7 yanvar 2012 yil
3. O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. Qonun va qarorlar. -T.: O‘zbekiston, 2011.
4. «Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to‘plami. 1-tom. - T.: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
5. «Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi Qonuni.//lex.uz
6. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 may, O‘RQ-370-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2014 yil 7 may, 88 (6018)-soni.
7. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 2 may, O‘RQ-328-sonli Qonuni // «Xalq so‘zi» 2012 yil 3 may, 86 (5506)-son.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son Qarori. //lex.uz
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947- sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil.
0. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207- son “Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.//lex.uz
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5409-sonli Farmoni// Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2018 y., 06/18/5409/1059-son
12. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida.. № PF-5308. 22.01.2018. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018 y., 06/18/5447/1269-son.
Internet saytlari
1. www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
2. www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
3. www.mineconomy.uz (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi)
4. www.mehnat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi)
5. www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)
6. www.stat.uz (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi)
http://fayllar.org