24
74.50.21 - Idora yordamchi personali bilan ta’minlash xizmatlari;
74.50.22 - Uy xizmatchilari bilan ta’minlash xizmatlari;
74.50.23 - Savdo va sanoat ishchilari bilan ta’minlash xizmatlari;
74.50.24 - Bemorlarni parvarish qilish uchun personal bilan
ta’minlash; xizmatlari;
74.50.25 - Boshqa personal bilan ta’minlash xizmatlari;
Shuningdek iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi
(IFUT) da xizmatlar bo‘yicha umumiy ma’nodagi tushuncha berilgan:
78.10.0 – Ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati;
78.20.0 – Vaqtincha ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati;
78.30.0 – Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha boshqa tashkilotlar
faoliyati.
Kadrlar saralash bo‘yicha maslahatchilar uyushmasi tomonidan
taqdim etilgan kadrlar xizmatlarining nomenklaturasi bu bo‘shliqni
to‘ldirishga imkon beradi, chunki u uchta guruhga bo‘lingan rekruting
xizmatlarining ba’zi turlarini aks ettiradi:
1) personalni saralash (ommaviy saralov, to‘g'ridan-to‘g'ri qidirish,
mintaqaviy personalni saralash, chet el ishchi kuchlarini saralash, vaqtincha
xodimlarni saralash va hk);
2) personalni baholash (sirli sotuvchi, xodimlarni baholash /
attestatsiya qilish, poligrafiyadagi tadqiqotlar, rivojlanayotgan assessment
markaz);
3) qo‘shimcha xizmatlar (ta'lim/treninglar, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning kadrlar auditi, kadrlar bo‘yicha maslahat, abonent xizmat
ko‘rsatish, mehnat bozorini o‘rganish, ish haqi tahlili, korporativ tadbirlarni
tashkil etish).
Turli xil tasniflash 1.5.1-rasmda keltirilgan bo‘lib, u rekruting
bo‘yicha xizmatlarning deyarli barcha turlarini qamrab oladi.
Dostları ilə paylaş: