24. Bo‘sh ish joyi ekspertizasi jarayonida nimalar aniqlanadi? a) unda mutaxassisning ish joyidagi faoliyati tahlili, qidiruv
parametrlari va nomzodlarni tanlash mezonlari aniqlanadi;
b) unda bo‘sh ish joyi uchun qidirilayotgan nomzodning yoshi, jinsi,
ma’lumoti, ko‘nikmalari aniqlanadi;
c) bo‘sh ish lavozimiga tanlanayotgan xodim qanday vazifalar
bajarishi aniqlashtiriladi;
d) kompaniyaning tanlanadigan xodim ishlaydigan faolioyati
yo‘nalishlarini aniqlanadi.
25. Rekrutment sohasidagi marketingning mohiyati nimalardan iborat? a) mehnat bozorini tahlil qilishdan iborat.
b) nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlashdan iborat.
c) nomzodlar va xodimlarga kompaniyaning imkoniyatlari va
xodimlarning unda ishlash istagidan kelib chiqib ish joylarini "sotish"ni
ta'minlashdan iborat.
d) nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishdan iborat.
26. Rekrutment sohasidagi 4P nazariyasida mahsulot (Product) deganda nima nazarda tutiladi? a) kompaniya talab qilgan sifatga (ish natijasi), tovar belgisiga (ismi,
ma'lumoti, ish tajribasi), xususiyatlariga (vakolatlari, shaxsiy va ish
xususiyatlari) qadoqga (imij, tashqi ko‘rinish, o‘zini tanishtirish qobiliyati,
yoshi); ega bo‘lgan xodim va (yoki) nomzod;
b) mehnat bozorida bo‘sh ish o‘rni;
c) lizingga beriladigan xodim;
d) yopilgan ish o‘rni.
27. 4P nazariyasi, ya’ni marketing majmui nima? a) asosiy ishchilarni o‘z vaqtida rag'batlantirish va ushlab turish
jarayoni;
b) boshqarilishi mumkin bo‘lgan o‘zgaruvchan marketing omillari
to‘plamidir, ulardan kompaniya maqsadli bozordan istalgan javobni olish
uchun foydalanadi;
c) ish o‘rnini to‘g’ri tashkil etish maqsadidagi marketing tadqiqoti;
248
d) inson resurslarini boshqarishning ma'lum bir strategiyasi.