262
TARQATMA MATERIALLAR
1. Ayzenk so‘rovnomasi
1. Sizda o‘zingizni chalg‘itish uchun yangi ta'sirotlarga sho‘ng‘ish va kuchli
hayajonli sinovlardan o‘tish istagi tez-tez paydo bo‘ladimi?
2. Sizni tushunadigan, ma'qullaydigan va
kechinmalaringizga hamdard
bo‘ladigan do‘stlarga zarurat hissi tez-tez paydo bo‘ladimi?
3. O‘zingizni g‘am-tashvishsiz odam deb hisoblaysizmi?
4. Sizga o‘z niyatingizdan voz kechish juda qiyinmi?
5. Siz qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizni shoshmasdan o‘ylab ko‘rasizmi va
ularga kirishishdan oldin biroz kutib turishni ma'qul topasizmi?
6. Siz har doim ham va'dangizda tura olasizmi, garchi buning Sizga foydasi
bo‘lmasada?
7. Sizda kayfiyatning birdan tushib va oshib ketishi tez-tez bo‘lib turadimi?
8. Siz ishga tez kirishib va odamlar bilan tez suhbat qurib keta olasizmi,
o‘ylab olishga ko‘p vaqt sarflamaysizmi?
9. Sizda jiddiy bir sabab bo‘lmasa-da, baxtsizlik hissi paydo bo‘lganmi?
10. Baxslashib ketish uchun hamma narsaga tayyorligingiz rostmi?
11. O‘zingizga yoqqan ayol (erkak) bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz xijolat
tortasizmi?
12. Siz g‘azablansangiz o‘zingizni qo‘yarga joy topa olmay qolasizmi?
13. Keskin vaziyatlarda o‘ylamasdan biror ishga qo‘l urasizmi?
14. Shuni qilmasligim yoki gapirmasiligim kerak edi, degan xayollar Sizni
tez-tez bezovta qiladimi?
15. Siz odamlar bilan uchrashgandan ko‘ra kitob o‘qishni afzal ko‘rasizmi?
16. Sizning nafsoniyatingizga tegish juda osonligi rostmi?
17. Siz tez-tez odamlar orasida bo‘lishni yoqtirasizmi?
18. Sizga ba'zan “Buni birovlarga aytishni xoxlamasdim”
degan fikr
keladimi?
19. Sizning ba'zan katta kuch-quvvatga to‘lib toshishingiz va kuchli lanjlik
xis qilishingiz rostmi?
20. Siz o‘z tanishlaringiz sonini eng yaqin do‘stlaringiz bilan chegaralashga
intilasizmi?
21. Siz ko‘p orzu qilasizmi?
22. Sizga baqirishsa, Siz ham shunday javob qaytarasizmi?
23. Siz o‘z odatlaringizni yaxshi deb hisoblaysizmi?
24. Sizda aybdorlik hissi tez-tez paydo bo‘lib turadimi?
263
25. Siz ba'zan o‘z xis-tuyg‘ularingizga erk berishga va g‘am-tashvishsiz
do‘stlar davrasida o‘ynab-kulishga qodirmisiz?
26. Sizning asabingiz o‘ta taranglashgan desa bo‘ladimi?
27. Sizni chaqqon va quvnoq odam desa bo‘ladimi?
28. Siz ishni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, “Uni
bundan ham yaxshiroq
qilishim mumkin edi”, degan fikrga tez-tez borasizmi?
29. Siz katta davralarda o‘zingizni notinch his qilasizmi?
30. Sizda gap tashib turishlar bo‘ladimi?
31. Sizni har xil fikrlar bezovta qilaverib uxlay olmay chiqasizmi?
32. Agar Siz nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsangiz, uni do‘stlaringizdan
so‘ragandan ko‘ra kitobdan o‘qib topishni afzal ko‘rasizmi?
33. Sizda kuchli yurak urishlari kuzatilib turadimi?
34. Sizga diqqatni bir joyga to‘plashni talab qiladigan ishlar yoqadimi?
35. Sizda titrab ketish kuzatiladimi?
36. Siz hamma vaqt ham haqiqatni gapirasizmi?
37. Bir-birining ustidan xazillashib o‘tiradigan davralarda bo‘lib qolsangiz
xijolat chekasizmi?
38. Siz jaxldormisiz?
39. Tez harakat qilishni talab qiluvchi ishlar Sizga yoqadimi?
40. Hammasi yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa-da, Siz bilan ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan turli xil yoqimsiz va qo‘rqinchi voqealar haqidagi xayollar
Sizga tinchlik bermasligi rostmi?
41. Sizning bamayxilotir va kamharakat odam ekanligingiz rostmi?
42. Siz qachondir ishga yoki uchrashuvga kech qolganmisiz?
43. Tez-tez yomon tushlar ko‘rasizmi?
44. Siz gaplashib olishni shu qadar yaxshi ko‘rasizki, birorta qulay vaziyatni
boy bermaysiz. Shu rostmi?
45. Sizning qandaydir og‘riqlar bezovta qiladimi?
46. Agar do‘stlaringiz bilan uzoq vaqt uchrashmasangiz
dilingiz siyoh
bo‘ladimi?
47. Siz o‘zingizni asabi tarang odam deb hisoblaysizmi?
48. Tanishlaringiz orasida Sizga sira ham yoqmaydiganlari bormi?
49. Men o‘zimga ishongan odamman deb ayta olasizmi?
50. Sizning kamchiliklaringiz yoki ishingizni tanqid qilishsa tutoqib
ketasizmi?
51. Sizga ko‘p odam qatnashadigan tadbirlardan haqiqiy qoniqish
his qilish
juda qiyinmi?
52. Mening boshqalardan kamchiligim bor degan fikr Sizni bezovta
qiladimi?
264
53. Zerikarli davralarga jon kirgizish qo‘lingizdan keladimi?
54. Umuman aqlingiz yetmaydigan narsalar haqida
gapirgan vaqtlaringiz
bo‘lganmi?
55. Sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urasizmi?
56. Birovlar ustidan xazillashishni yoqtirasizmi?
57. Sizni uyqusizlik bezovta qiladimi?
Dostları ilə paylaş: