99
vaziyatda
o‘z
harakatlarini
baholashni taklif qiladigan savollar
* Izoh: STARS metodologiyasini amalga oshirishda foydalaniladi
Kompetentsiyaga asoslangan intervyuda savollar ochiq tarzda
beriladi, odatda ular quyidagi so‘zlardan boshlanadi: "Iltimos,
misol
keltiring ...", "Iltimos,.. haqida aytib o‘tsangiz". Birinchi savolga javob sizga
aniqlanayotgan savollarning soni va darajasini aniqlashga imkon beradi.
Suhbat natijalarini kompetentsiyalar bo‘yicha sarhisob qilganda,
tegishli xatti-harakatlar ko‘rsatkichlarining mavjudligi yoki kuchli
ifodalanishi yoki yo‘qligi yoki zaif ifodalanishiga e'tibor qaratish lozim.
Bunda bir xil shaklga keltirilgan baholash
mezonlari yordam beradi, ular
quyidagilarni e'tiborga olishlari kerak:
- xulq-atvor namoyon bo‘lishining asosiy yutuqlar bilan bog'liqligi;
- suhbat davomida o‘zini tutish belgilari misollarining takrorlanishi;
- xulq-atvor namunalarining yorqinligi va ishonchliligi;
- natijaga nomzodning xulq-atvori va harakatlarining ta'siri darajasi;
- natijaning tavsifi (nomzodning xulq-atvori oqibatlari, uning
harakatlarining
samaradorligini
baholashning
miqdoriy
va
sifat
ko‘rsatkichlari);
- xulq-atvorning namoyon bo‘lishi misollari muddati.
Har bir mezonga ballarda o‘ziga xos "og'irlik" belgilanadi (odatda 3
dan 5 ballgacha).
Dostları ilə paylaş: