Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Kompetentsiyaga asoslangan intervyu



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186
Rekrutment Darslik

Kompetentsiyaga asoslangan intervyu.
Suhbat uslubi nafaqat 
nomzodning kasbiy mahorati va shaxsiy fazilatlarini, balki ularning ma'lum 
bir lavozimga muvofiqligini ham baholashga imkon beradi. Bunda nafaqat 
natija, balki u odam qanday qilib va nima uchun bunga erishganligi ham 
baholanadi. 
Kompetentsiya - bu muayyan ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
zarur bo‘lgan xulq-atvor xususiyatlari, shaxsiy fazilatlar yoki qobiliyatlar 
to‘plami. Kompetentlilik - bu tegishli professional sohada samarali ishlash 
uchun zarur bo‘lgan ma'lum bilim va tajribaning mavjudligi. 
Kompetentsiya ham ijobiy va ham salbiy ko‘rinishlarda ham namoyon 
bo‘lishi mumkin. Optimal natijaga erishish uchun kompetentsiyaning ijobiy 


98 
xulq-atvor belgilarini aniq tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir. 
Ta'kidlash kerakki, kompetentsiyalar nomzodning haqiqiy tajribasi, uning 
xatti-harakatlari, bilimlari, ko‘nikmalari va qobiliyatlari, shuningdek, 
qadriyatlari asosida aniqlanadi. O‘z navbatida, o‘tgan tajribadan kelib 
chiqqan holda, kelajakda nomzodning xatti-harakati haqida prognoz 
qilinadi. Ushbu turdagi intervyu barcha darajadagi menejerlarni tanlashda 
mashhur, lekin turli lavozimlarga nomzodlarni tanlash vositasi sifatida 
ishlatilishi mumkin. Ushbu intervyu klassik metodologiyasida baholash 
bitta rekruter bilan emas, balki suhbat natijalarini muhokama qiladigan va 
ma'lum bir kompetentsiyani rivojlantirish darajasi to‘g'risida umumiy fikrga 
keladigan ikki yoki uch kishidan iborat guruh tomonidan amalga oshiriladi. 
Shu bilan birga, intervyu oluvchilar kuzatish, batafsil yozuvlarni yuritish, 
javoblarni toifalash va ballarni to‘plash kabi turli rollarni bajaradilar. 
Rossiyada kompetentsiyalar bo‘yicha intervyu o‘tkazish uchun bir 
nechta G'arb usullari qo‘llaniladi. Eng mashhur ikkita STAR (S) va PARLA 
(6.3.2-rasm). 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin