119
keltirilgan. Agar javoblarning samimiyligi uchun umumiy ball 5 yoki 6
bo‘lsa, natijalar shubhali. Agar umumiy ball 7 dan yuqori bo‘lsa, unda test
ma'lumotlari ishonchsiz deb hisoblanadi va natijalarni keyinchalik qayta
ishlash amalga oshirilmaydi. 0 dan 4 gacha bo‘lgan
ballarda javoblar
ishonchli.
So‘rovnoma kaliti
7.1-rasmda ko‘rsatilganidek, toza varaqqa ekstravertlik va neyrotizm
o‘zaro perpendikulyar 0–24 shkalali o‘qlari chiziladi. Oqlarning kesishish
nuqtasi 12 qiymatiga to‘g'ri keladi. Ekstraversiya - introversiya ko‘rsatkichi
bo‘yicha ballar yig’indisi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich uchun ham
javoblar huddi samimiylik ko‘rsatkichi bilan bir xil tarzda xisoblanadi
(savolnomaning "kaliti" dagi har bir ektraversiya ko‘rsatkichiga to‘g'ri
keladigan har bir javob uchun 1 ball beriladi).
Aytaylik, ekstraversiya
ko‘rsatkichi bo‘yicha ballarni hisoblashda yig'indi 15 ga teng bo‘ldi.
Bunday holda, extraversiya o‘qi bo‘yicha 15 qiymat orqali vertikal chiziq
chiziladi. Xuddi shu tarzda, nevrotikizm ko‘rsatkichi bo‘yicha
ballar
yig’indisi hisoblanadi. Deylik, ushbu ko‘rsatkichning umumiy balli 19 ga
teng bo‘lsin. Neyrotizm o‘qi bo‘yicha 19 qiymat orqali gorizontal chiziq
chiziladi. Gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishish nuqtasi G.Ayzenk
ikki faktorli modelidagi sinaluvchining o‘rnini ko‘rsatadi. Ushbu holda,
xolerik temperament aniqlandi (7.3.1-rasmga qarang).
EMOTSIONAL BARQARORLIK
EMOTSIONAL NOBARQARORLIK
120
Aftidan, G.Ayzenkning talqinida sinaluvchi
xolerik temperamentga
xos bo‘lgan biroz kuchli hissiy beqarorlikka ega ekstravert hisoblanadi
(7.3.2-rasmga qarang).
Ekstravertlik
omilga
ko‘ra
(ekstraversiya
-
intraversiya),
sinaluvchilarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Agar sinaluvchi ekstroversiya
nuqtai nazaridan 12 balldan kam ball to‘plagan bo‘lsa, unda introversiya
unga xosdir. Agar umumiy ball 12
tadan oshsa, u holda sinaluvchiga
ekstraversiya xos bo‘ladi. 0 dan 12 gacha bo‘lgan ballarning qiymati
introversiyaning jiddiyligini aks ettiradi.
Neyrotizm ko‘rsatkichi bo‘yicha ball hisoblash o‘xshashdir. Umumiy
ball 12 tadan kam bo‘lganda, sinaluvchi hissiy barqarorlik (barqarorlik)
bilan ajralib turadigan vakillarga kiritiladi. Jami 12 tadan ortiq ball to‘plagan
bo‘lsa, sinaluvchi hissiy jihatdan beqaror kishilar toifasiga kiradi.
Shuni
yodda tutish kerakki, test natijalarining ishonchliligi,
odatda psixologlar
tomonidan tan olinganidek, 0,8 (ya'ni 80%) qiymatidan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: