Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Sinov natijalarini qayta ishlash



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186
Rekrutment Darslik

Sinov natijalarini qayta ishlash 
Sinovga ishlov berish sinaluvchilar javoblarining to‘g'riligini aniqlash 
bilan boshlanishi kerak. Agar javoblar "kalit" da ko‘rsatilganlarga to‘g'ri 
kelsa, ularning har biriga 1 ball beriladi. Anketaning "kaliti" quyida 


119 
keltirilgan. Agar javoblarning samimiyligi uchun umumiy ball 5 yoki 6 
bo‘lsa, natijalar shubhali. Agar umumiy ball 7 dan yuqori bo‘lsa, unda test 
ma'lumotlari ishonchsiz deb hisoblanadi va natijalarni keyinchalik qayta 
ishlash amalga oshirilmaydi. 0 dan 4 gacha bo‘lgan ballarda javoblar 
ishonchli. 
So‘rovnoma kaliti 
7.1-rasmda ko‘rsatilganidek, toza varaqqa ekstravertlik va neyrotizm 
o‘zaro perpendikulyar 0–24 shkalali o‘qlari chiziladi. Oqlarning kesishish 
nuqtasi 12 qiymatiga to‘g'ri keladi. Ekstraversiya - introversiya ko‘rsatkichi 
bo‘yicha ballar yig’indisi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich uchun ham 
javoblar huddi samimiylik ko‘rsatkichi bilan bir xil tarzda xisoblanadi 
(savolnomaning "kaliti" dagi har bir ektraversiya ko‘rsatkichiga to‘g'ri 
keladigan har bir javob uchun 1 ball beriladi). Aytaylik, ekstraversiya 
ko‘rsatkichi bo‘yicha ballarni hisoblashda yig'indi 15 ga teng bo‘ldi. 
Bunday holda, extraversiya o‘qi bo‘yicha 15 qiymat orqali vertikal chiziq 
chiziladi. Xuddi shu tarzda, nevrotikizm ko‘rsatkichi bo‘yicha ballar 
yig’indisi hisoblanadi. Deylik, ushbu ko‘rsatkichning umumiy balli 19 ga 
teng bo‘lsin. Neyrotizm o‘qi bo‘yicha 19 qiymat orqali gorizontal chiziq 
chiziladi. Gorizontal va vertikal chiziqlarning kesishish nuqtasi G.Ayzenk 
ikki faktorli modelidagi sinaluvchining o‘rnini ko‘rsatadi. Ushbu holda, 
xolerik temperament aniqlandi (7.3.1-rasmga qarang). 
EMOTSIONAL BARQARORLIK
 
 
EMOTSIONAL NOBARQARORLIK
 
 


120 
Aftidan, G.Ayzenkning talqinida sinaluvchi xolerik temperamentga 
xos bo‘lgan biroz kuchli hissiy beqarorlikka ega ekstravert hisoblanadi 
(7.3.2-rasmga qarang). 
Ekstravertlik 
omilga 
ko‘ra 
(ekstraversiya 

intraversiya), 
sinaluvchilarni ikki guruhga bo‘lish mumkin. Agar sinaluvchi ekstroversiya 
nuqtai nazaridan 12 balldan kam ball to‘plagan bo‘lsa, unda introversiya 
unga xosdir. Agar umumiy ball 12 tadan oshsa, u holda sinaluvchiga 
ekstraversiya xos bo‘ladi. 0 dan 12 gacha bo‘lgan ballarning qiymati 
introversiyaning jiddiyligini aks ettiradi. 
Neyrotizm ko‘rsatkichi bo‘yicha ball hisoblash o‘xshashdir. Umumiy 
ball 12 tadan kam bo‘lganda, sinaluvchi hissiy barqarorlik (barqarorlik) 
bilan ajralib turadigan vakillarga kiritiladi. Jami 12 tadan ortiq ball to‘plagan 
bo‘lsa, sinaluvchi hissiy jihatdan beqaror kishilar toifasiga kiradi. Shuni 
yodda tutish kerakki, test natijalarining ishonchliligi, odatda psixologlar 
tomonidan tan olinganidek, 0,8 (ya'ni 80%) qiymatidan oshmaydi. 
 
 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin