114
Asab tizimining asosiy xususiyatlarini aniqlash psixologiyaning
nazariy va amaliy sohalarida katta ahamiyatga ega. Temperament turlarini
aniqlash uchun G.Ayzenk ikki omilli modelni ishlab chiqdi, uning asosiy
xususiyatlari
ekstravertlik
va
neyrotizm
.
Ayzenk shkalasi (savolnomasi) ekstraversiya–intraversiya va
neyrotizm darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ekstraversiya-intraversiya
va neyrotizm shaxsning tug‘ma xususiyatlaridir. Ekstravertlar hulq-atvori
ko‘proq tashqariga yo‘naltirilgan bo‘ladi, ular o‘z xis-tuyg‘ularini boshqalar
bilan baham ko‘rib yashashadi, hamma bilan kirishib ketishadi, o‘ziga
ishongan bo‘lishadi, ko‘p do‘st orttirishga intilishadi, o‘z histuyg‘ularini
nazorat qila olmaydi va ko‘p gapirishga moyil bo‘lishadi. Intravertlarda
buning teskarisini ko‘rish mumkin, ya'ni ular kamgap, o‘z ichki dunyosini
va histuyg‘ularini birov bilan baham ko‘rmaydigan, do‘stlari kam, tashqi
tomondan faqat o‘ylanib yuradigan odamni eslatuvchi shaxslardir.
Neyrotizm esa hissiyotga beriluvchanlikni, ortiqcha xavotirni, doimo tarang
holatda yurishni va depressiyaga moyillikni belgilab beruvchi shaxs
ko‘rsatkichidir. Ushbu shkala yordamida sinaluvchining temperamentini
ham aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: