116
16. Sizning nafsoniyatingizga tegish juda osonligi rostmi?
17. Siz tez-tez odamlar orasida bo‘lishni yoqtirasizmi?
18. Sizga ba'zan “Buni birovlarga aytishni xoxlamasdim”
degan fikr
keladimi?
19. Sizning ba'zan katta kuch-quvvatga to‘lib toshishingiz va kuchli lanjlik
xis qilishingiz rostmi?
20. Siz o‘z tanishlaringiz sonini eng yaqin do‘stlaringiz bilan chegaralashga
intilasizmi?
21. Siz ko‘p orzu qilasizmi?
22. Sizga baqirishsa, Siz ham shunday javob qaytarasizmi?
23. Siz o‘z odatlaringizni yaxshi deb hisoblaysizmi?
24. Sizda aybdorlik hissi tez-tez paydo bo‘lib turadimi?
25. Siz ba'zan o‘z xis-tuyg‘ularingizga erk berishga va g‘am-tashvishsiz
do‘stlar davrasida o‘ynab-kulishga qodirmisiz?
26. Sizning asabingiz o‘ta taranglashgan desa bo‘ladimi?
27. Sizni chaqqon va quvnoq odam desa bo‘ladimi?
28. Siz ishni bajarib bo‘lganingizdan so‘ng, “Uni
bundan ham yaxshiroq
qilishim mumkin edi”, degan fikrga tez-tez borasizmi?
29. Siz katta davralarda o‘zingizni notinch his qilasizmi?
30. Sizda gap tashib turishlar bo‘ladimi?
31. Sizni har xil fikrlar bezovta qilaverib uxlay olmay chiqasizmi?
32. Agar Siz nimanidir bilib olmoqchi bo‘lsangiz, uni do‘stlaringizdan
so‘ragandan ko‘ra kitobdan o‘qib topishni afzal ko‘rasizmi?
33. Sizda kuchli yurak urishlari kuzatilib turadimi?
34. Sizga diqqatni bir joyga to‘plashni talab qiladigan ishlar yoqadimi?
35. Sizda titrab ketish kuzatiladimi?
36. Siz hamma vaqt ham haqiqatni gapirasizmi?
37. Bir-birining ustidan xazillashib o‘tiradigan davralarda bo‘lib qolsangiz
xijolat chekasizmi?
38. Siz jaxldormisiz?
39. Tez harakat qilishni talab qiluvchi ishlar Sizga yoqadimi?
40. Hammasi yaxshilik bilan tugagan bo‘lsa-da, Siz bilan ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan turli xil yoqimsiz va qo‘rqinchi voqealar haqidagi xayollar
Sizga tinchlik bermasligi rostmi?
41. Sizning bamayxilotir va kamharakat odam ekanligingiz rostmi?
42. Siz qachondir ishga yoki uchrashuvga kech qolganmisiz?
43. Tez-tez yomon tushlar ko‘rasizmi?
44. Siz gaplashib olishni shu qadar yaxshi ko‘rasizki, birorta qulay vaziyatni
boy bermaysiz. Shu rostmi?
117
45. Sizning qandaydir og‘riqlar bezovta qiladimi?
46. Agar do‘stlaringiz bilan uzoq vaqt uchrashmasangiz
dilingiz siyoh
bo‘ladimi?
47. Siz o‘zingizni asabi tarang odam deb hisoblaysizmi?
48. Tanishlaringiz orasida Sizga sira ham yoqmaydiganlari bormi?
49. Men o‘zimga ishongan odamman deb ayta olasizmi?
50. Sizning kamchiliklaringiz yoki ishingizni tanqid qilishsa tutoqib
ketasizmi?
51. Sizga ko‘p odam qatnashadigan tadbirlardan haqiqiy qoniqish
his qilish
juda qiyinmi?
52. Mening boshqalardan kamchiligim bor degan fikr Sizni bezovta
qiladimi?
53. Zerikarli davralarga jon kirgizish qo‘lingizdan keladimi?
54. Umuman aqlingiz yetmaydigan narsalar haqida
gapirgan vaqtlaringiz
bo‘lganmi?
55. Sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘urasizmi?
56. Birovlar ustidan xazillashishni yoqtirasizmi?
57. Sizni uyqusizlik bezovta qiladimi?
Dostları ilə paylaş: