Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186
Rekrutment Darslik

Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1. Ijtimoiy tarmoqlarning rekruter uchun qanday qulayliklari mavjud? 
2. What’sapp, telegram kabi messengerlar rekruting faoliyatidan qanday 
foydalanish mumkin? 
3. Google AdWords nima? 
4. Elektron pochta va an’anaviy pochta jo‘natmalaridan nima maqsadda 
foydalanish mumkim? Qanday natija kutiladi? 
5. Chrome uchun qanday kengaytmalar mavjud? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


136 
2-MODUL. REKRUTMENT FAOLIYATINING TASHKILIY 
ASOSLARI 
9-BOB. TANLOVDAN KEYINGI CHORA-TADBIRLAR 
 
9.1. Tanlangan nomzodni bevosita o‘z rahbariga tanishtirish 
 
Tanlangan nomzodni bevosita o‘z (chiziqli) rahbariga taqdim etish 
to‘rt bosqichda amalga oshiriladi (9.1.1-rasm). 
9.1.1-rasm Nomzodni chiziqli rahbarga taqdim etish bosqichlari 
Endi, biz har bir bosqichni batafsil ko‘rib chiqamiz. 
Nomzod va chiziqli rahbarni birinchi suhbatga tayyorlash. 
Chiziqli rahbarni suhbatga tayyorlash orqali nafaqat uchrashuvning sanasi 
va vaqtini muvofiqlashtirishni, balki quyidagi masalalarga aniqlik kiritishni 
ham tushunish kerak.
 
- Chiziqli rahbarning talablarida biron bir narsa o‘zgarmaganmi, 
ayniqsa nomzod rezyumeni taqdim etish va suhbat o‘rtasida ko‘p vaqt 
o‘tgan bo‘lsa? 
- Chiziqli rahbar nomzod va uning yutuqlari to‘g'risida, shuningdek 
ochiq lavozimga qo‘yiladigan talablarga potentsial nomuvofiqliklar 
to‘g'risida etarlicha ma'lumotga egami? 
- Rahbar nomzodga bermoqchi bo‘lgan savollarni tayyorlashda 
yordamga muhtojmi? 
O‘z navbatida, chiziqli rahbar bilan birinchi suhbatga nomzodni 
tayyorlashda, rekruter nomzodning oldiga kamida ikkita maqsad qo‘yadi: 


137 
1) uchrashuv natijalariga ko‘ra, bo‘sh ish o‘rni uning ehtiyojlari va 
talablariga qanchalik mos kelishini tushunish, kompaniya haqida 
tushunchasini teranlashtirish va potentsial rahbar to‘g'risida fikrni 
shakllantirishga yordam berish; 
2) o‘zini, yutuqlari va ko‘nikmalarini eng to‘liq va to‘g'ri tarzda 
tanishtirish.
Rekruterning
nomzod va chiziqli rahbar o‘rtasidagi birinchi suhbatga 
tayyorgarlik ko‘rishdagi nomzod oldidagi vazifasi
nomzodning barcha 
ma'lumot bo‘shliqlarini: kompaniya, lavozim va suhbat jarayoni haqida 
bilimlarini to‘ldirishdir. Bunda, kompaniyada vujudga kelgan korporativ 
madaniyat, qadriyatlar va an'analarga alohida e'tibor qaratish lozim. 
Shuningdek, nomzod bilan uchrashadigan barcha xodimlar haqida batafsil 
ma'lumot berishingiz, kim va nima haqida so‘rashini, intervyu jarayonida 
chiziqli menejerlar odatda o‘zini qanday tutishini oydinlashtirish kerak. 
Bundan tashqari, rekruter nomzodning kompaniyada ishlashga 
bo‘lgan qiziqishi saqlanib qolganligiga va shunga mos ravishda 
nomzodning motivatsiyasiga ishonch hosil qilishi kerak. Yana bir bor, 
nomzod olishni istagan eng aniq ish haqi miqdorini aniqlashtirish kerak. 
Agar oxirgi suhbat / uchrashuvdan keyin miqdor o‘zgargan bo‘lsa, 
rekruter sabablarni aniqlab, yangi raqamlarni kompaniya byudjeti bilan 
taqqoslashi kerak. 
Ko‘pgina rekruterlar yoki rekruting agentligi nomzodni "juda yaxshi" 
tayyorlashi, u kerakli javobni berashi va suhbat o‘tkazayotganlar esa 
noto‘g'ri ma'lumotlar olishidan saqlanadilar. Bunday holatni agar nomzodni 
tayyorlashda professional ravishda yondashilganda oqlab bo‘lmaydi. 
Malakali rekruter nomzodga yo‘naltirishda yordam beradi, masalan 
quyidagi tarzda: 
“Direktorlar, avvalambor, sizning g'ayratingiz bilan 
qiziqishadi. Biz muhokama qilgan narsalarimizni yana bir bor eslab, nega 
bizning kompaniyamizdagi lavozimga qiziqish bildirasiz va buni direktorga 
asosli ravishda tushuntiring".
Rekruter nomzodga, birinchi marta chiziqli rahbar bilan suhbat 
paytida, ish taklifini olgunga qadar, u hech narsani baholashi va o‘lchashi 
kerak emasligini eslatishi kerak. Uning o‘zining taqdimoti birinchi 
navbatda: "Men kompaniyaga nima bera olaman?" degan savolga javob 
berishi kerak. Faqatgina muvaffaqiyatli intervyudan keyingina kompaniya 
taqdim etayotgan imkoniyatlarni o‘zining kutilmalari bilan taqqoslash va 
“Menga ushbu kompaniyada ishlash nimasi bilan qiziq?” degan savolga 
javob berish vaqti keladi. 


138 
Chiziqli rahbar bilan suhbatda nomzodga berilishi mumkin bo‘lgan 
eng mashhur savollarni ko‘rib chiqamiz: 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin