Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Suhbatdan keyin chiziqli rahbarning fikrlari (teskari aloqa)



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186
Rekrutment Darslik

Suhbatdan keyin chiziqli rahbarning fikrlari (teskari aloqa).
Nomzod bilan suhbatdan so‘ng mijozdan fikr-mulohazalarni olish tavsiya 
etiladi. Shunday qilib, rekruter chiziqli rahbarga nomzodning taassurotlari 
va xatti-xarakatlari haqida zarur ma'lumotlarni taqdim etishlari, shuningdek, 
eshitganlariga o‘z mulohazalarini berishlari mumkin. 
Uchta asosiy parametrlar bo‘yicha chiziqli rahbarning nomzod haqida 
fikrini tushunish muhimdir: 
- nomzodning taklif etilayotgan ishga kasbiy muvofiqligi; 
- uning shaxsiy fazilatlari bo‘lim va umuman kompaniyaning 
jamoasiga muvofiqligi; 
- uning ushbu lavozimda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi. 
Agar rahbar bir nechta nomzodlar bilan suhbat o‘tkazgan bo‘lsa, unda 
rekruter undan kuchli va kuchsiz tomonlarini taqqoslashni so‘rashi, 
shuningdek ularni kompaniyada ishlash istiqbollari bo‘yicha tartiblashi 
kerak. 
Fikr-mulohazaning natijasi suhbatning keyingi bosqichi to‘g'risida 
kelishuv yoki rad etish yoki tanaffus qilish sabablarini birgalikda 
shakllantirish yoki ish taklifini tayyorlash bo‘lishi mumkin. Olingan 
ma'lumotlar kelishilgan muddatlarda va to‘g'ri shaklda suhbatda qatnashgan 
barcha nomzodlarga etkazilishi kerak. 
Biroq, barcha rahbarlar ham qidiruv muvaffaqiyati uchun oldindan 
tuzilgan va batafsil fikr almashishning muhimligini tushunishmaydi. 
Chiziqli rahbarlarga qidiruvning sifati va samaradorligi batafsil va o‘z 
vaqtida bo‘lgan teskari aloqaga bog'liqligini namoyish etish uchun amaliy 
misollardan foydalanish kerak. 
Agar tanlovning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan 
bo‘lsa va mijozning nomzod haqidagi fikri ijobiy bo‘lsa, yakuniy suhbatlar 
natijalari bo‘yicha teskari aloqa jarayonida nomzodga berilgan 
tavsiyanomalarni tekshirish kerak. 


141 
9.3. Tanlangan nomzod borasida tavsiyanomalar (tavsifnomalar) bilan 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin