Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Tanlovdan o‘tmagan nomzodlarga rad javoblarini yozish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/186
tarix10.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#142495
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186
Rekrutment Darslik

9.4. Tanlovdan o‘tmagan nomzodlarga rad javoblarini yozish 
texnologiyalari 
Ko‘p yillik, uzoq muddatli o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, teskari 
aloqaning yo‘qligi nomzodlarning rekruterlar bilan aloqa o‘rnatishdagi 
noroziliklarining asosiy sababi hisoblanadi. 
Hodimlarni yollovchi mutaxassislarning yangi avlodlari etishib 
chiqmoqda, yangi texnologiyalar joriy etilmoqda, biznesning yangi 
yo‘nalishlari ochilmoqda, ammo nomzodlar bilan aloqa, ayniqsa rad etish 
muammoligicha qolmoqda. Agar nomzodni ko‘rib chiqishning istalgan 
bosqichida rekruter va chiziqli rahbar rad etish kerak degan xulosaga kelsa, 
darhol nomzodga bu haqda aytib berish yaxshiroqdir. Ommaviy 
rekrutmentda buni amalga oshirish juda qiyin, chunki rekruter yuzlab 
odamlar bilan aloqa qiladi. Bunday holda, tanlovda ishtirok etgani uchun 
minnatdorchilik va malakali asoslangan raddiya yozilgan xatlarni 
yuborishning avtomatlashtirilgan tizimi yordam berishi mumkin. 
Albatta, rad etishning sabablari shaxsiy yoki kamsituvchi xarakterga 
ega bo‘lmasligi kerak, ayni paytda bu faqat nomzodning kasbiy 
malakalariga yoki motivatsiyasiga bog'liq bo‘lishi kerak. Agar nomzod o‘z 
tajribasini real baholab va lavozimga qo‘yiladigan talablar to‘g'risidagi 
sharhlarni tinglab, uning malakasi ularga mos kelmasligini tan olib, o‘zini 
rad etsa, bu yanada yaxshi bo‘ladi. 
Masalan, Superjob.ru portali markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy 
so‘rov natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning atigi 18,11 foizi ishga 
qabul qilishda kamsitish yo‘q deb hisoblashadi. Shunday qilib, 
ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, kamsitish ish topish uchun jiddiy to‘siqdir 
(9.4.1-rasm). 
9.4.1-rasm. 
 
Ish 
qidirishdagi 
kamsitilishlar 
bo‘yicha 
ish 
qidiruvchilarning fikrlari taqsimoti (www.superjob.ru ma'lumotlariga 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin