142
Bo‘lajak suhbatning maxfiyligi haqida
tavsiya beruvchiga xabar
berish juda muhim ("Natijalar faqat ushbu lavozim uchun tanlovda
foydalaniladi va hech kimga, shu jumladan nomzodga ham berilmaydi").
Suhbatdoshga nomzodning tavsiyanomalarni tekshirishga ruxsat
berganligini darhol tushuntirish kerak. Masalan, ko‘plab
ish beruvchilar
ma'lumot berishni xohlamaydilar, ammo uni tasdiqlashga qarshi emas.
Dastlabki bir nechta savollarni suhbatdoshga o‘zini qulay his qilish
imkoniyatini yaratish maqsadida berish kerak. Tavsiyanomalarni
tekshirayotganda, rekruter kamsituvchi xarakterga ega bo‘lmagan
ochiq
savollar berilishi kerak. Birinchi navbatda, kelajakdagi lavozim uchun nima
kerakligini yoki nomzod bilan suhbat chog'ida aniqlik kiritilmagan
masalalarni so‘rab olishi kerak.
Suhbatdoshning nutq oxangi va to‘xtab olishlarini tinglash kerak, ular
ba'zida javoblarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ma’lumot beradi.
Rekruter va tavsiya beruvchi o‘rtasidagi suhbatning misolini ko‘rib
chiqaylik:
"Assalomu alaykum __________, ahvollaringiz yaxshimi? Mening
ismim ___________. Men “-_________” rekruting korxonasida ishlayman
va xodimlarni yollash bo‘limining vakiliman. Bir o‘z vaqt ajrata olasizmi?
Men ____________ dan ruxsat olgan holda sizga qo‘ng’iroq qilyapman, biz
unin nomzodini _________ lavozimiga ishga olishni ko‘rib chiqayapmiz.
Kompaniyamizning
qoidalariga muvofiq, biz uning tavsiyanomalarini
tekshiramiz. Siz menga taqdim qiladigan barcha ma'lumotlar maxfiy bo‘lib
qoladi. Menda tayyorlangan savollar ro‘yxati bor. Ularga javob berish sizga
noqulay emasmi?"
Suhbatni nafaqat to‘g'ri o‘tkazish, balki uni malakali ravishda tugatish
juda muhimdir, masalan:
“Hurmatli _________, ajratgan vaqtingiz va ma'lumotlaringiz uchun
tashakkur. Yana bir bor ta'kidlashni istardimki, bu sir saqlanib qoladi".
Shuni esda tutish kerakki, tavsiyalar tabiatan subyektiv bo‘lgan odam
tomonidan beriladi. Shuning uchun,
bunday vositaning muhim va
ahamiyatli bo‘lsada, faqat tavsiyalar asosida qaror qabul qilishning keragi
yo‘q, bu nomzod haqidagi ma'lumot va taassurotlarni tekshirish usullaridan
biri xolos. Agar salbiy tavsiyalar olingan bo‘lsa, unda ma'lumot manbasiga
e'tibor qaratish va uning ishonchlilik darajasini tekshirish kerak.