ELEKTR ENERGIYASINI ISHLATUVCHILARI VA ISTE’MOLCHILARI
Sanoatdagi elektroenergiya iste’molchilariva ishlatuvchilari (EI va I) hamda ularning tabaqalanishi Konstruksiyasi va ishlash prinsipi bo‘yicha EI va I lar quyidagi guruhlarga bo‘linadi : I. Elektrodvigatellari bo‘lgan EI va I II. Elektrotexnologik qurilmalar III. Elektr yuritish sistemasi EI va I larning asosiy harakteristikalari quyidagilar : 1. Nominal quvvati 2. Kuchlanishi 3. Tokning turi 4. Fazalar soni 5. Chastotasi 6. Ish rejimi 7. Elektr ta’minoti ishonchliligi buyicha toifalari. 8. Mahsulot birligiga sarflanadigan elektr energiya miqdori solishtirma elektr energiya sarfi, maxsulot turlarini ishlab chiqarish uchun ma’lumotnomalardan olinadi 9. Joylashishi doimiyligi bo‘yicha ish davomida ko‘chib yuruvchi yoki ko‘chiriluvchi EI lar ham mavjud. Bular kranlar, ikkinchi hol uchun metall qirquvchi stanoklar kiradi.