Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jihozlanishi:
DF X; XI; dori moddalari, o‘simlik hom
ashyolari, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar, infundir 
apparati, ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy matn
Tarkibida oshlovchi moddalar bo‘lgan dorivor o‘simliklardan Qaynatmalar tayyorlash
Oshlovchi moddalar o‘simliklardan qaynatma tayyorlashni (toloknyanka bargi, eman 
po‘stlog‘i, zmeevik ildizpoyasi, lapchatka va boshqalar) o‘ziga xosligi shundaki, ular sovutmay 
suziladi, Chunki oshlovchi moddalar issiq xolatda erigan bo‘lib,
Sovutilganda cho‘kmaga tushadi.
Oling: Eman po‘stlog‘i qaynatmasidan – 180 ml
Glitserindan – 15,0
Achchi- toshdan – 1,5
Aralashtiring. Bering. Belginang.
Pasport: Eman po‘stlog‘i – 18 gr
Glitserin – 15,0


Achchi- tosh – 1,5
Suv 180- (18x2)- 216 ml
Umumiy hajm - 195 ml
Agar dorixatda ajratmaning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda 1:10 nisbatda 
tayyorlanadi. DF da eman po‘stlog‘ining suv shimish koeffitsienti 2 ga teng deb keltirilgan.
Infundir stakaniga 18 gr 3 mmgacha maydalangan eman po‘stlog‘idan solib, 216 ml 
tozalangan suv quyiladi va qaynab turgan infundir apparatiga 30 minutga quyib vaqt-vaqti bilan 
aralashtirib turiladi.
So‘ng sovutmasdan darxol suziladi va kerak bo‘lsa xajmini 180 ml gacha suv bilan etkazib, 
unda achchiq tosh eritiladi, suziladi va 15,O glitserin posongli torozda tortilib qo‘shiladi. 
Kasalga berish uchun tayyorlanadi. "qo‘llashdan oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" 
singari etiketkalar yopishtiriladi.
Oling: Toloknyanka bargi qaynatmasidan – 200 ml 
Bering. Belgilang,
Pasport: Toloknyanka bargi – 2O gr
Suv- 200 - (20x1,4) - 228 ml
_________________________________________
Umumiy hajmi - 2OO ml
Dorixatda konsentratsiya ko‘rsatilmaganligi uchun qaynatma1:10 nisbatda tayyorlanadi.
Toloknyanka bargini suv shimish koeffitsienti – 1,4ga teng.
Infundir stakaniga 20,0gr 1 mmgacha maydalangan toloknyanka bargi solinib, ustiga 228 
ml suv qo‘yiladi va qaynab turgan infundir apparatiga 30 min quyib, vaqt-vaqti bilan aralashtirib 
turiladi, So‘ng sovutmasdan darxol suziladi va kerak bo‘lsa 200 ml xajmgacha suv bilan etkazib, 
bemorga berish uchun jihozlanadi. "qo‘llashdan oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" 
singari etiketkalar yopishtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin