Adabiyotlar: Mirolimov M.M. ―Farmatsevtik texnologiya asoslari‖
Mirolimov M.M. va boshqalar ―Farmatsevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy -qo‗llanma‖
2004
A.I.Tixonov. ―Texnologiya lekarstv‖Xarkov 2002g.
17 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: QAYNATMALAR TAYYORLASH VA ULARGA DORI MODDALARNI QO’SHISH USULLARI. O‘qitish maqsadi: Qaynatmalar tayyorlash va ularga dori moddalarini qo’shish usullari
bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish.
Mavzuni ahamiyati: Qaynatmalar tayyorlash va ularga dori moddalarni
qo’shish usullari hahida bilimga ega bo‘lish, ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o’rganish.
Vaziyatli masalalar: Oling: Sano bargi qaynatmasidan – 150
ml Qand -iyomidan – 30 ml
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Farmatsevt infundir stakaniga 15,0 gr 5 mm gacha maydalangan sano bargi solinib ustiga
177 ml suv quyiladi va qaynab turgan infundir apparatiga 60 daqiqa qo‘yib, vaqt-vaqti bilan
aralashtirib turiladi. So‘ng qaynatmani bemorga beriladigan idishga suzib, kerak bo‘lsa 150 ml
hajmgacha suv bilan yetkazib, Qand qiyomidan 30 ml qo‘shiladi va bemorga berish uchun
jihozlanadi. "qo‘llashdan oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" singari etiketkalar
yopishtiriladi.
Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Oling: Chuchukmiya ildizi qaynatmasidan – 100 ml
Bering. Belgilang.
Farmatsevt infundir stakaniga 10,0 gr 1 mmgacha maydalangan chuchukmiya ildizi solinib, 1,0
gr natriy gidrokarbonat qo‘shiladi va ustiga 117 ml suv quyiladi va qaynab turgan infundir
apparatiga 10 daqiqa qo‘yib, vaqt-vaqti bilan aralashtirib turdi. So‘ng 30 min sovutib, suziladi va
kerak bo‘lsa 100 ml hajmgacha suv bilan yetkazib, bemorga berish uchun jixozlanadi.
"qo‘llashdan oldin chayqatilsin", "Salqin joyda saqlansin" singari etiketkalar yopishtiriladi.
Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?