Emulgator sifatida kam eriydigan ionlashadigan va ionlashmaydigan yuqori aktiv moddalar
(PAV) ishlatilishi mumkin. Ionlashadigan emulgatorlar orasida YUAMlarning anioni aktiv guruhi
mavjud bo’lib, ulardan asosiysi sovun hisoblanadi.
Surtmalar uchun emulsion asoslar.
40 g vazеlin suv xammomida 70 °S haroratda eritiladi va 2,4 g polisorba-80, 70 °С
haroratgacha isitilgan 78 ml tozalangan suv bilan yaxshilab emulgirlanadi. Sovutib muzlatgichda
saqlanadi. Mikrob kontaminatsiyasini oldini olish uchun 0,02 % natriy bеnzoat, 1G`2000
mеtilparabеn, 1G`4000 propilparabеn qo’shish tavsiya etiladi.
7
Emulgatorlar — ko’p valentli sovunlar
Ko’p valentli metalli sovun suv-yog tipida yuqori dispers emulsiya tipini hosil qilib, yuqori
miqdorda (70% gacha) suv saqlaydi. Ko’p valentli metall sovunning bu xossasi (BFITI) BFITI
ning emulsion surtma dorilar asoslari ishi buyicha asoslab berildi. BFITI emulgator sifatida
o’simlik yog’idan olinadigan yog’ kislotalari bilan rux birikmasini — emulgator sifatida
ishlatishni taklif etdi (1-emulgator). Ayrim hollarda surtma dorilarning ruxli sovun bilan birga,
kalsiyli sovun qo’shilib hosil qilgan emulgatori 2-emulgator deb yuritiladi. Emulgator
tayyorlashda o’simlik yog’i bo’lishi shart emas, uning o’rniga smola kislotasini ishlatish mumkin.
Bu
holatda 3-emulgator hosil bo’ladi. Emulsion surtma dorilar asosini tayyorlashda
ionlashmaydigan emulgatorlar ko’p tarqalgan. Ular qatoriga yuqori molekulali spirtlar va ularning
hosilalari, yuqori molekulali halqali spirtlar va ularning hosilalari, ko’p atomli spirt efirlari kiradi.
Surtma dorilar asoslari ichida keng qo’llaniladigan asoslardan biri spermatsetning gidroliz
mahsulotlari hisoblanadi. Bularga setil spirti S
16
N
33
ON va stearin spirti S
18
N
43
ON lar kiradi. Setil
spirti 50
0
S, stearil spirti esa — 59
0
S haroratda eriydi. Ikkalasi ham yaxshi emulgator hisoblanadi.
MDHda yuqori molekulali spirtlarning manbai kashalot yog’idir, uning asosini setil spirti va
olein spirti tashqil qiladi. Tana yog’ida ularning miqdori 90% gacha, tana ichki qismida 70%dan
yuqori. Emulgator №1 15 qismini kashalot yog’idan olingan yuqori molekulali spirt sulfat
kislotasining natriyli tuzi bilan bergan efiri tashqil qiladi va 85 qismini kashalot yog’i tarkibidagi
erkin yog’ moy kislotalari tashqil qiladi. VNIXFI №1 emulgatori rasmiy bo’lib, 10-20% gacha
qo’shilishi mumkin. Ishlab chiqariladigan yuqori yog’ spirtlari emulgator qatoriga kirib, kosmetik
surtma dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U yuqori molekulali spirt va fosfat kislota efirining
kaliyli tuzidan tashqil topgan 30% emulgator va 70% kashalot yog’ining yuqori molekulali
spirtlari eritmalari emulsion mum nomi bilan ataladi. Bu bir xildagi qattiq massa bo’lib, rangli, pH
5,8 dan 7,0 gacha, yog’larda yaxshi eriydi, uglevodorod va suyuq yog’larda ham eriydi. Vazelinda
5% emulsion mum 28% suvni emulsiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: