Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Loytuproqli mineral asoslar
Farmatsevtik amaliyotida bentonit loylari ham ahamiyat kasb etadi. Ular bir birlik 
glinozemning ikki birlik kremnezem bilan boglanishidan tashqil topgan. Loytuprokli minerallar 
o’zlarining yuqori suv yutish xususiyati bilan ahamiyat kasb etadi. Masalan, bentonitlarning 
natriyli shakli suv bilan ho’llanganda bo’kadi va hajmini 15-18 marta oshiradi. Hosil bo’lgan 
yumshoq massa terida yaxshi taqsimlanadi va o’ziga ko’plab dorivor moddalarni qabul kila oladi. 
Loytuprokli minerallar kimyoviy indifferentligi bilan afzaldir. Bu esa ularning tarkibiga aktiv 
moddalar: kaliy permanganat, xloramin va boshqalar kiritish imkonini beradi. Farmatsevtik 
maqsadlar uchun bentonit va boshqa loytuproqli materiallar yot qo’shimchalardan va qumlardan 
tula tozalangan bo’lishi kerak. Bu ivitish, so’ngra quritish orqali amalga oshiriladi. Temir tuzlari 
va boshqa yot moddalar saqlashiga qarab ularning rangi oq-kulrangdan tana rangigacha bo’ladi. 
Bentonit asosining eng oddiy tarkibi: 13-20% mineralning natriyli shaklidan, 10% glitserin va 70-
77% suvdan tashqil topgandir.
Oqsil gellari. 
Oqsil deb amorf kremniy (II)- oksidiga aytiladi. Germaniyada bu aerosil, 
karuza, AQSHda kebosil deb ataladi. Oqsil (aerosil) — oq amorf kukun bo’lib, o’lchami 4 dan 40 
mkm gacha sferik formaga ega. U sochiluvchanligini yuqotmay 15 dan 60% gacha suyuqlikni 
ushlab tura oladi. 10-12% li konsentratsiyada suvda qovushqoqligi kam bo’lgan oquvchan 
suspenziya hosil qiladi, konsentratsiya 17% gacha ko’payganda, yarim qattiq holga keladi, 20% da 
esa yaxshilab ezilsa gomogen surtma hosil qiladi. Aerosil organiq erituvchilar, efir moylari bilan 
gel hosil kilish xususiyatiga ega. M.P.Alyushin va M.M.Astraxanova esilon-aerosil asosini taklif 
kilishdi. Bu asos — «esilon-5» ni, 16% aerosil qo’shib quyuqlashtirish natijasida olingan. Bu asos 
yuqori qovushqoqlikka ega bo’lgan rangsiz, shaffof gel hisoblanadi. Bu asos Zaharli emas, 
mahalliy qitiqlovchi ta’siri yuk. Tarkibiga qo’shilgan dorivor moddalar bilan reaksiyaga 
kirishmaydi. Oldiniga aerosil yuqori aktiv kukun sifatida dorivor moddalarni o’ziga yutadi, suv 
ishtirokida esa tula desorbsiyalanadi va terapevtik ta’sir ko’rsatadi. Esilon-aerosilli asos uzoq vaqt 
saqlanganda bir-biridan ajralib qolmaydi. Yuqori va past harorat ham ta’sir kilmaydi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin