Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Atsetillanganlanolin
. Lanolin sirka angidridi bilan tozalash yo’li bilan olinadi. Birinchidan, 
5% gacha miqdorda qo’shilganda turg’un surtma dori asosini hosil qiladi, surtma dorilar hosil 
qilish konsistensiyasini (o’z holatini) past haroratlarda saqlab tura oladi.
Polioksietillangan lanolin
. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo’li 
bilan hosil bo’ladi. Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», pH 8 va «Vodlan-
60», pH 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda 
qo’shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo’ladi.
Polimerlangan glitserin hosilalaridan olingan emulgatorlar
Bu guruhga T-2 va T-1 qattiq emulgatorlar yordamida olingan surtma dori asoslari kiradi, 
bu asoslar margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ulardan birinchisi diglitserinning stearin 
kislotasi bilan hosil qilgan to’liqmas mono-va diefirlari aralashmasidir. T-2 esa shu aralashmani 
triglitserin distearatlari bilan hosil qilgan aralashmasidir. 1956 yilda E.N.Kutumova T-2 
emulgatori asosida surtma dori asoslaridan birini yaratdi, tarkibi: 6 qism vazelin bilan 1 qism 
emulgatorning 3 qism emulsiya suvi aralashmasidan tashqil topgan bo’lib, ko’rinishi oq yumshoq 
surtma dori holidagi massa.
Span emulgatorlari
Bu sorbitanning yuqori yog’ kislotalari bilan bergan to’likmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti 
atomli spirtidan hosil bo’ladi. Bu birikma halqalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran 
birikmalari singari tuzilishga ega bo’ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik 
angidrid holiga o’tadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog’ kislotalari bilan 
eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil 
bo’ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo’ladi va shunga qarab 
nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va h.k. Spanlar lipofil 
birikmalardir. Chunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog tipidagi 
emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori 
tayyorlashda keng ishlatiladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin