Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini 
belgilash usullari
Bir xil tarkibdagi eritmalarning yozilish turi har xil bo‘lishi mumkin.
Rp: Solutionis Natrii benzoatis 1% — 200 ml 
Natrii hydrocarbonatis 2,0
Misce. Da Signa. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Rp: Natrii benzoatis
Rp: Solutionis Natrii benzoatis 2,0-200 ml 
Natrii hydrocarbonatis 2,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Yozilish uslubidan kat‘i nazar eritma og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Chunki umumiy
hajm har uchala holda ham 200 ml gacha bo‘lishi shart.
OG‘IRLIK-HAJM USULIDA DORI TURLARINI TAYYORLASH
Og‘irlik-hajm usuli bilan suyuq dorilar tayyorlashda dori modda tortib olinib, erituvchi
bilan belgilangan hajmgacha yetkaziladi. Eritma darajasini (1:2, 1:5, 1:10) nisbatda belgilaganda 
ko‘rsatilgan hajmda qancha modda borligi tushuniladi. Masalan, 2:100 nisbati 100 ml hajmda 2,0 
modda borligini ko‘rsatadi. Buni tayyorlash uchun esa 2,0 modda olib, 100 ml gacha erituvchi 
solish kerak. Konsentratsiya protsent hisobida berilgan bo‘lsa, 100 ml hajmdagi moddani gramm 
miqdori deb yoki ma‘lum bir hajmdagi protsent miqdor deb tushuniladi. Og‘irlik-hajm usuli 
bilan eritmalar tayyorlanganda byuretka, pipetka, menzurka, silindr va shunga o‘xshash hajm-
o‘lchov asboblari hamda oldindan tayyorlab qo‘yilgan yuqori darajali eritmalar (konsentratlar) 
dan foydalaniladi.
Yuqori darajali eritmalar shu dori moddani dorixatda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan 
darajasidan yuqori darajada tayyorlangan "ishchi" eritmalar hisoblanib, ularni suyultirib, 
dorixatda ko‘rsatilgan miqdorga keltiriladi.
Yuqori darajali eritmalar nomenklaturasi individual dorixatga bog‘liq bo‘lib, u har bir 
dorixona sharoiti, joylanishi va kategoriyasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Dorixonalarda 
ko‘p ishlatiladigan yuqori darajali eritmalar O‘zbekiston Soglikni Saqlash vazirligi tomonidan 
tasdiklangan buyruq ilova ro‘yxatida keltirilgan.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin