Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə390/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   444
farmatsevtik texnologiya

TALABANI MUSATAQIL ISHI (TMI)
Talabaning Mustaqil ishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim 
vazirligining 21.02.2005 yildagi 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda 
tasdiqlangan ―Talaba Mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat tartibi to’g’risidagi 
Nizom asosida tashkil etiladi.‖TMI ―Dori turlari texnologiyasi‖ fani dasturiga muvofiq taklif etiladi: 
talabalarni o’quv izlanish ishlarini alohida keltirilgan mavzular bo‗yicha; jadvallar, slaydlar, vaziyatli 
masalalar, testlar tuzish bilan. O‗quv jurnalida har bir semestr amaliy mashg‗ulotdan keyin alohida 
ustuncha ajratilib, unga talabaning Mustaqil bajargan ishiga ball qo‗yiladi. Semestr mavzulari 
bo’yicha 2ta Mustaqil topshiriladi. Ikkita baxo umumlashtirilib o‗rtacha baxo qo‗yiladi.
MUSTAQIL TA‘LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
―Dori tulari texnologiyasi‖ fani bo’yicha talabaning Mustaqil ta‘limi shu fanni o‗rganish 
jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta‘minlangan.
Talabalar 
auditoriya 
mashg’ulotlarida 
professor-o’qituvchilarning 
ma‘ruzasini 
tinglaydilar, laboratoriya mashg‗ulotlarini bajaradilar, retseptlar texnologiyasini bajaradilar. 
Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni va berilgan laboratoriya 
ishlarini konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan retseptlarni yechadi. Bundan tashqari ayrim 
mavzularni kengroq o‗rganish maqsadida qo‗shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi 
hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta‘lim natijalari reyting tizimi asosida 
baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni 
Mustaqil o’rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet 
tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak 
doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar


tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning Mustaqil 
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham Mustaqil ta‘limsiz o’quv 
faoliyati samarali bo‗lishi mumkin emas.
―Dori turlari texnologiyasi‖ fanidan Mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini 
qamrab olgan va quyidagi 36 ta katta mavzu ko‗rinishida shakllantirilgan.
TMI kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va 1 yil mobaynida saqlanadi.
TMI ning hajmini kafedra xodimlari har bir talaba uchun quyidagi hajmda belgilaydi.
I. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha vaziyatli masala tuzadigan 
bo‗lsa; 10 va undan yuqori masala uchun 5 ball; 5 tadan 10 tagacha 4 ball;
3 tadan 5 tagacha 3 ball bilan baholanadi.
3 tadan kam bo‗lsa baxolanmaydi.
Agar talaba tanlagan mavzusi bo‗yicha test tuzadigan bo‗lsa: (testlarning har birini 
5 tadan javobi bo‗lishi shart);
50 va undan yuqori test tuzilsa 5 ball;
30 tadan 50 tagacha 4 ball;
10 tadan 30 tagacha 3 ball bilan baholanadi.
10 tadan kam testlar baxolanmaydi.
III. Agar talaba tanlagan mavzusi bo‗yicha adabiyotlar taxlilini beradigan bo‗lsa;
5 yillik adabiyotlarni ko‗rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo‗lyozma 
tipida 10 bet referat tayyorlasa 5 ball;
5 yillik adabiyotlarni ko‗rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo‗lyozma 
tipida 8 bet referat tayyorlasa 4 ball
5 yillik adabiyotlarni ko‗rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo‗lyozma 
tipida 3 bet referat tayyorlasa 3 ball bilan baholanadi.
3 betdan kam tayyorlangan referat baholanmaydi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin