Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


-mavzu. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə401/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   444
farmatsevtik texnologiya

14-mavzu. Emulsiyalarning xususiy texnologiyasi. Ularga dori moddalarni qo‘shish qoidalari, 
sifatini baholash
Moyli emulsiyalar texnologiyasi. Birlamchi emulsiyani hosil bo‘lish yo‘llari, bosqichlari. 
Birlamchi emulsiyani suyultirish, komponentlar


miqdorini hisoblash. Dori moddalarning eruvchanligidan kelib chiqqan holda emulsiya tarkibiga
kiritish qoidalari. Urug‘li emulsiyalar texnologiyasi. Emulsiyalarning sifatini baholash, saqlash, 
texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari.
15-mavzu. Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan 
asbob-uskunalar.
Suvli ajratmalarning ta’rifi, tasnifi, dori shakli sifatida afzallik va kamchiliklari. Ekstraksiya
jarayonining nazariy asoslari. Suvli ajratmalardan biofaol moddalarni ajralishiga ta’sir etuvchi 
omillar (xom ashyoni maydalik darajasi, ajratmaning pH muhiti, xom ashyoni suv shimish 
koeffitsiyenti, konsentratsiyalar farqi, xom ashyo va ekstragent nisbati, harorat tasiri va b.). 
Damlama va qaynatmalarni olishda qo‘llaniladigan asbob-uskunalar: infundir apparat tuzilishi, 
ishlash prinsipi. 
16-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblari.
Damlama va qaynatma tayyorlashning o‘ziga xos texnologiyalari: alkaloid, yurak 
glikozidlari, antroglikozidlar, oshlovchi moddalar, efir moylari , saponinlar saqlovchi o‘simlik xom
ashyosidan suvli ajratmalar olish. Damlama va qaynatmalarga dori moddalarini qo‘shish qoidalari.
O‘z RSSVning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583-sonli buyruqlarida suvli ajratmalar
texnologiyasiga oid bo‘limlari. 
17-mavzu. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, 
sifatini baholash
Shilimshiq saqlagan xom ashyodan (gulxayri ildizi, zig‘ir urug‘i, salep tuganagi va b.) 
ajratma olishning o‘ziga xos tomonlari. Sarf koeffitsient tushunchasi, uning qo‘llanilishi. Ekstrakt-
konsentratlar tushunchasi, tasnifi, ularni suvli ajratmalar olishda qo‘llanilishi. Suvli ajratmalarning
ekstrakt-konsentratlardan foydalangan holda olishning afzalliklari. Murakkab tarkibli dorixatlarda 
ekstrakt konsentratlardan foydalanganda dorivor moddalarni qo’shish qoidalari. Mualliflik
takriblar. Suvli ajratmalarni saqlash, sifatini baholash va takomillashtirish yo‘llari. 

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   397   398   399   400   401   402   403   404   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin