16-mavzu. Antibiotiklar tushunchasi, ular bilan tayyorlanadigan dori shakllari (suyuq va qattiq dori shakllari), sifatini baholash Antibiotiklar tushunchasi, ularga qo’yiladigan talablar, tasnifi. Antibiotiklar saqlagan dori
turlariga qo‘yiladigan talablar. Antibiotiklarni antibakterial faolligini hisoblash. Antibitiklar
saqlagan poroshok va eritmalar tayyorlash texnologiyasi. Antibiotiklarni saqlagan dori turlari
texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari.
17-mavzu. Ko‘z surtma dorilari, xususiy texnologiyasi. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi Ko‘z surtma dori turlari, ularning texnologiyasida qo‘llaniladigan asoslar. Ko‘z
surtmalarining texnologiyasi, sifatini baholash.
Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash,
qo‘llaniladigan asoslar Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan surtmalarning ofitsinal tarkiblari.
Antibiotiklar bilan shamcha dori turini tayyorlash texnologiyasi.
18-mavzu. Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari Dori shakllarida uchraydigan nomutanosibliklar, ularni bartaraf etish usullari (dori
moddalarni va erituvchilarni almashtirish, dori shaklini almashtirish, preparat tarkibidagi bitta
moddani
alohida
berish).
Nomutanosibliklarning
tasnifi.
Fizikaviy
nomutanosibliklar:
ingredientlarning erimasligi, ingrediyentlarning aralashmasligi, kolloid eritmalar va YuMBlar
eritmalarining koagulyasiyasi va b. Kimyoviy nomutanosibliklar: cho‘kma hosil bo‘lishi, dori
preparatining konsistensiyasini o‘zgarishi va b. farmakologik nomutanosibliklar.
IV.Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar “Farmasevtik texnologiya” fanidan amaliy mashg`ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda
tutilmagan
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
Fan bo’yicha mashg’ulotlar 50% nazariy (ma'ruza va laboratoriya mashg’ulot) va 50%
laboratoriya qismdan iborat bo’lgan holda o’tkaziladi. Laboratoriya mashg’ulotning nazariy va
laboratoriya qismi o’zaro bog’liq holda o’tkaziladi.
Laboratoriya mashg`ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi.