Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Termik sterilizatsiya
Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to’qimalarining protoplazmasi pirogenetik 
yemirilish natijasida qaytmas koagulyasiyaga uchraydi. Shuningdek, ferment sistemalari ham 
shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo’llaniladi. Dori moddalar va 
ayrim buyumlarni sterilizatsiya qilishda albatta ularning xususiyatlari, fizik va kimyoviy
xossalarini hisobga olib, ma’lum bir termik usul tanlanishi kerak.
Issiq bug’ bilan sterilizatsiya qilish
Barcha mikroorganizmlarga, ayniqsa ularning sporalariga quruq issiqdan ko’ra nam issiq 
bug ta’sir qilishi ma’lum. Shu nuktai nazardan nam issiqlik sterilizatsiyalash uchun maqsadga 
muvofiqdir. Dori tayyorlash jarayonida quyidagi nam issiqlik bug’ bilan sterilizatsiya qilish 
usullari keng foydalaniladi: avtoklav, bug’ va bir necha bor isitish yo’li bilan sterilizatsiya kilish.
Avtoklav usuli
Germetik kamerada sof to’yintirilgan bug’ orqali atmosfera bosimidan yuqori bosimda 
moddalarni sterillash usuliga aytiladi. X DF ko’rsatmasiga binoan avtoklav dorixona sharoitida 
ishlatiladigan termik sterilizatsiyaning asosini tashqil qiladi. Bu usulda sterillash avtoklav deb 
atalgan apparatlarda olib boriladi (25-rasm).
Avtoklav bug’ qozonlari turiga kiruvchi apparat hisoblanib ishlash jarayoni ham ularga 
o’xshashdir. Qozondagi bug’ bosimining holatini o’rnatilgan manometr orqali kuzatish mumkin. 
Avtoklavdagi manometr ko’rsatkichlari bir atmosferadan yuqori bo’lsa, avtoklav manometr millari 
ham asta-sekin ko’tarila boshlaydi. Bug’ qozonidagi avtoklav tashqarisida o’rnatilgan manometr 
(membranali yoki prujinali) orqali kuzatiladi. Manometr ko’rsatkichlari texnik atmosfera bosimiga 
moslashtirilgan bo’lib, qozondagi bosim tashqi atmosfera bosimidan oshgandagina manometr 
ortiqcha atmosferani ko’rsatadi. Shuning uchun uni ichkaridagi atmosfera yoki ortiqcha bosim 
deb yuritiladi. Qozondagi atmosferani o’tkazish uchun esa manometr ko’rsatgichiga oddiy 
atmosfera bosimi, ya’ni son hisobida atm qo’yib hisoblash kerak. Masalan, manometr 1 atm 
ko’rsatsa, qozondagi bosim oddiy absolyut atmosferada 2 ata bo’ladi. Bosim ko’rsatkichiga to’gri 
keladigan harorat 13-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin