Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Bug’ oqimi ta’sirida sterilizatsiya qilish



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Bug’ oqimi ta’sirida sterilizatsiya qilish
100 gradus issiqlikda muntazam bug’ orqali asboblarni 30-60 daq. davomida isitiladi. Bu 
usulning asosiy xususiyati shundan iboratki, suv bug’iga to’yintirilgan bug’ ob’yektga to’xtovsiz 
oqimda yuborib turiladi. Unda havodan nom-nishon qolmaydi. Apparatlarda o’tkazilgan bunday 
sterilizatsiya to’xtovsiz bug’da tozalanadigan sterilizator deb ataladi. Bu maqsadda dorixona 
sharoitida Kox sterilizatori (1.25.-rasm) va infundir sterilizatsiya apparatidan foydalaniladi. 
Muntazam bug’ bilan sterilizatsiya qilishni avtoklavlarda amalga oshirish juda qulaydir.
Muntazam bug’ bilan suyuqliklarning suv aralashmalari sterilizatsiya qilinadi suyuqlikni 
hajmi 100 ml gacha bo’lsa, 30 daq. davomida, 501-1000 ml bo’lsa, 30 daqiqa davomida 
sterilizatsiyalanadi.


22-rasm. Kox sterilizatori
Takror sterilizatsiya
(tindalizatsiya)
Kam quvvatli dori mahsulotlarining suyuqliklari 60-65°C darajadagi suvda isitilib, 1 soat 
davomida 5 marotaba yoki 70-80°C daraja issiqlikda har 24 soatda 3 marta isitiladi. Ushbu 
jarayonni 3-5 marta tayyorlash suyuqlikdagi barcha mikroblarni bartaraf etadi. Tindalizatsiya 
qilish o’zining yakunigacha avtoklav usulidan hech qolishmasada, juda uzoq jarayondir.
Harorat ta’siriga chidamsiz eritmalar 60-65°C haroratda suvda 1 soatdan 5 marta yoki 70-
80°C haroratda 3 marta qizdirish orqali sterillanadi. Har galgi sterillashdan so’ng manba 
tarkibidagi sporalar o’sib vegetativ holiga o’tishi uchun qulay bo’lgan sharoitda (25-37°C) 24 soat 
saqlanadi. Spora holidagi mikroorganizmlarni rivojlangan (vegetativ) 0 holiga o’tib o’lib ketishi 
uchun 3 yo 5 marta bo’lib o’tkaziladigan sterillash davri yetarli hisoblanadi. Bu usulda sterillash 
— tindalizatsiya deb ham yuritilib, u sterillash bo’yicha avtoklavlardan qolishmaydi, ammo ancha 
ko’p vaqt talab qiladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin