Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Issiq havo bilan sterillash
Issiq havo yordamida qizdirish xuddi o’sha haroratda ho’l usul bilan sterillashga nisbatan 
mikroorganizmlarga ta’siri ancha sust bo’lsa ham, lekin shu bilan birga ko’p vositalar (rezina, 
to’kima, qog’oz)ning buzilishiga sabab bo’ladi, shuning uchun issiq havo yordamida sterillash 
usuli quyidagilarga qo’llaniladi:
a) shishalar, metall va chinni idishlar uchun, ular 180°C da 20 daqiqa yoki 200°C da 10 
daqiqa sterillanadi.
b) issiqqa chidamli kukunsimon preparatlar (talk, oq gil, rux oksidi va boshqalar) (1.15.-
jadval):
7-jadval
Miqdori
Harorat
Vaqt
25 g gacha
180
0
200
0
30 daqiqa
26- 100g gacha
180
0
200
0
30 daqiqa
101-200 g gacha
180
0
200
0
30 daqiqa
8-jadval
v) mineral va o’simlik moylari, lanolin, vazelin, mumlar (1.16.-jadval):
Miqdori
Harorat
Vaqt
100 g gacha
180
0
200
0
30 daqiqa
15 daqiqa


101-500 g gacha
180
0
200
0
40 daqiqa 
20 daqiqa
Moy va yog’larni avtoklavda 119-121°C da 2 soat sterilizatsiyalash mumkin. Issiq havo 
bilan sterillash maqsadida quritgich kameralari qo’llaniladi.
Yuqori tebranishli elektr toki yordamida sterillash
Yuqori tebranish bilan almashinadigan elektromagnit maydon hosil qiladigan toklarga 
yuqori chastotali toklar deyiladi. Yuqori tebranishli toklar generatorlar yordamida olinadi. Yuqori 
tebranishli maydon ta’siri sterillanadigan modda tarkibidagi mikroorganizmga ta’sir qilib, maydon 
yo’nalishini keskin o’zgarishi bilan unda hosil bo’lgan energiyaning bir qismi moddaga o’tadi, 
buning hisobiga esa u qisqa muddat ichida (1-2 dak. ) har tomonlama qiziydi. Shunday qilib 
yuqori chastotali toklar yordamida sterillash xuddi termik sterillashga o’xshaydi. Ishlab 
chiqarishda va tibbiyotda yuqori tebranishli toklar keng tarqalgan. Ular har xil vositalarni 
qizdirishda, yallig’langan jarayonlarni davolashda qo’llaniladi.
Yuqori chastotali toklar bilan sterillash usuli oziq-ovqat sanoatida konservalarni sterillashda 
ishlatiladi. Dorilarni va ular eritmalarini hozirgi vaqtda sterillash apparatlari konstruksiyalari 
ishlab chiqilgan va ba’zi moddalarni sterillash sharoiti o’rganilgan (maydon kuchlanishi, 
chastotasi v. h. k. )
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida mikroorganizmlarning halok bo’lishiga asoslangan 253,7-257,5 
nm li nurlar maksimal bakteritsid faollikka ega. Ularni nurlantiruvchi manba sifatida simob-kvarsli 
yoki argon-simobli lampalar ishlatiladi. Bu lampalarni nurlanishi simob bug’larida gazlar 
siyraklashgan sharoitda elektrodlarga ta’sir etadigan muayyan kuchlanishning hosilasidir. 
Lampadan taraladigan nurning 70% ultrabinafsha spektrlariga xos bo’lib, to’lqin uzunligi 253,7 
nm. ga teng. Simob-kvarsli lampalar katta kuchlanishga ega. Argon-simobli lampalar orqali 
taralgan nurlar bir spektral chiziqqa birlashib bakteritsidli xossasi yuqori darajada bo’ladi, bu esa 
uni a’lo sifatli hamda tejamli sifatda ishlatish imkonini beradi. Argon-simobli lampalarning bir 
qancha turlari mavjud. Ularning orasida qulaylari BUV-30 (raqam lampa kuchlanishini vattda 
belgilaydi). Simob-kvarsli lampalardan qo’llaniladiganlari PRK-2 va PRK-4, lekin ular ko’p 
energiya sarflaydi. BUV lampasi (bakteritsid uveol) simobli, past bosimli, uveol shishali tiniq
kolbadan iborat bo’lib, qisqa to’lqinli ultrabinafsha nurlarning tarqalishi uchun qulay hisoblanadi. 
Uveol shishaning kimyoviy tuzilishi har xil (masalan SiO
2
— 77,94%, V
2
O
3
— 14,99%, AI
2
O
3

2,89%, Fe
2
O
3
— 0,01%, SaO — 0,08%, MgO — 0,09%, Na
2
O — 4%). Lampa, kayga xilida 
tayyorlanadi, uning chetida ikki qavatli volfram spirali bariy karbonat bilan qoplangan, egiluvchan 
oksid elektrodi bo’ladi. Trubkada oz miqdorda simob va bir necha ml simob ustuni to’gri 
keladigan bosimda inert gaz (argon) bo’ladi.
Elektrodlarga kuchlanish ta’sir qilganda simob bug’larida razryad hosil bo’lib, undan 
ultrabinafsha nurlari tarqaladi. Simob bug’larining trubkadagi miqdori 0,01 mm simob ustuni 
bosimiga to’gri keladi. Ultrabinafsha nurlarning darajasi bakt bilan o’lchanadi. Bakt (B) 
bakteritsid yo’nalishi birligi bo’lib, to’lqin uzunligi 254 nm, quvvati 1 VT bo’lgan ultrabinafsha 
yo’nalishiga teng. Masalan, BUV-30 lampasining bakteritsid yo’nalish quvvati 2,95 baktga teng. 
Steril xona devorlari va asbob-jihozlarni hamda assistent xonalaridagi byukslarni sterillashda 
bakteritsid lampalar qo’llaniladi. Bakteritsid lampalarni qo’llanilishida ularning odam organizmiga 
salbiy ta’sir qilishi, ayniqsa, bu ta’sir vaqti bilan uzviy bog’liqligini doimo yodda tutish zarur. 
Muhofaza qilinmagan bakteritsid lampalarni odam bor joylarda ishlatilishi man qilinadi. 
Bakteritsid lampalar bilan ishlanganda ko’zni ayniqsa ehtiyot qilish zarur. Undan oddiy ko’zoynak 
bilan ham saqlanish mumkin. Bizning sanoatimiz hozirgi kunda ancha mukammallashgan 
bakteritsid nur tarqatuvchi moslamalar, shiftga va devorga osiladigan bakterial nurlatgichlar va 
mayatnik kabi bakterial nurlatgichlar bilan ta’minlangan. Devorga osiladigan bakterial
nurlatgichlar — ultrabinafsha nurlarini qo’llashdagi mukammallashgan moslamalardan hisoblanib, 
moslamaning metall bilan o’ralgan qismida 2 ta BUV-ZO bakteritsid lampa va regulyator 


o’rnatilgan. Lampalar shunday joylashtirilganki, ularning biri yuqori qismdagi havoni 
zararsizlantirsa, biri pastki qismdagi havoni zararsizlantiradi. Shiftga osiladigan bakterial 
nurlatgichlar — 30 m
3
hajmdagi xonani zararsizlantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, 
ekranlashtirilganligi sababli odam bor sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Moslama ichiga 4 ta 
bakteritsid lampa 2 m
3
BUV-15 va 2 m
3
BUV-ZO o’rnatilgan. Xonani tez va sifatli 
sterilizatsiyalashga 2 ta ekranlashtirilgan BUV-ZO lampalari yoritilib, ularni nurlari odamga ta’sir 
qilmasligi uchun alyuminiyli qaytargichlar o’rnatilgan. Alyuminiyli qaytargichlar shunday 
o’rnatilganki, ular odam bor joyda, ularni nur ta’siridan muhofaza qiladi. Bunday nurlatgichlar 
shiftga o’rnatilgan bo’lib, uning balandligi 3 m dan kam bo’lmasligi kerak. Mayak nurlatgichlar, 
ko’chma turi moslashgan bo’lib, u shunga o’xshash ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan. 
Xonalarni vaqtincha zararsizlantirishda va boshqa kerakli joylarda ultrabinafsha nurlarini 
tarqatadigan manba sifatida ularga BUV-30 belgili 6 ta bakteritsid nurlari o’rnatilib, uning 
umumiy nurlanish quvvati 19 baktga teng.
Dorixonalarda dorixatlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nur 
tarqatuvchi moslamalar ham ishlatiladi. Bunga misol qilib P. V. Lopatin va E. P. YAranseva 
tomonidan taklif etilgan atroflama o’ralgan yoyma ko’rinishdagi bakteritsid lampali moslamani 
ko’rish mumkin. Moslamaga dorixat, talabnomalar tuynukcha orqali o’tkaziladi. So’ng ularni valik 
yordamida harakatga keltirib, valik usti 6 BUV-30 lampa yordamida zararsizlantirilib, pastki 
qismida joylashgan dorixat qabul qutisiga o’tkaziladi va u yerdan olib ishga beriladi. Apparatda 
dorixat, talabnoma, filtr va boshqa shunga o’xshash varaqalarni zararsizlantirish mumkin. 
O’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, asbobda bakteritsid lampalarni 5 daqiqali ta’siri 
natijasida mikroorganizmlar soni 10400 dan 300 gacha kamaygan. Bakteritsid lampalar ta’sirida 
nafaqat havo, qog’z, balki boshqa dorixonada aseptik sharoitda ishlatish uchun zarur bo’lgan 
asbob- anjomlar ham zararsizlantirilishi mumkin.
Tozalangan suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan moslamalar tuzilishi 2 xil:
1. Tozalangan suv alohida tarkibli shishadan yasalgan bakteritsid naychani ma’lum bir 
masofa o’tish natijasida zararsizlantiriladi. 2. Suv o’tayotgan shisha trubkani har ikki tomonidan 
bakteritsid lampa qo’yilib, ular atrof muhitga ultrabinafsha nurlarni tarqatmaslik maqsadida, 
dyuralyumin qaytargichlar bilan muhofazalanadi. Bunday moslamalar tozalangan suvni olish 
manbalaridan (distillash asbobi) to ularni ishlatiladigan xonalarigacha (aseptik xona) uzatish 
maqsadida moslangan shisha naychali uzatgichlarda, ularni boshlangich joylarida o’rnatiladi.
Ultrabinafsha nurlarini oddiy shisha orqali o’tmasligi, bunday moslamalarni eritmalar va 
dori moddalarni zararsizlantirishda ishlatish imkonini bermaydi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin