Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   444
farmatsevtik texnologiya

24-rasm. Salnikov filtri.
1,2-qopqoq; 3-rama; 4-strelka; 5-shtutser; 6-shpilka; 7-shtutser; 8-gayka
.
Kimyoviy sterillash
Kimyoviy sterilizatsiya mikrofloraga kimyoviy moddalarni ta’sir ettirish yo’li bilan olib 
boriladi. Moddalar mikroorganizmlarni o’ldiradi, ya’ni bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Bunday 
kimyoviy moddalar 
antiseptiklar
deb ataladi. Boshqa moddalar mikroorganizmlarni o’ldirmaydi, 
lekin keyingi rivojlanishni to’xtatib qo’yadi. Bunday moddalar 
konservantlar
deyiladi. Hozir 
tibbiyot amaliyotida antiseptik va konservant moddalardan yetarli darajada foydalanilmoqda.
Dorilar uchun qo’llaniladigan antiseptiklarning salbiy ta’siri bo’lmasligi kerak. Masalan: 
simob dixlorid kuchli antiseptik bo’lishiga qaramay, uni bu maqsadda ishlatib bo’lmaydi. Dorilar 
tarkibida antiseptik sifatida ishlatiladigan moddalar organizmga noxush ta’sir ko’rsatmasagina, 
ularni konservant sifatida qo’llash mumkin. Dori tarkibida konservantlar qo’llanilishi, birinchidan, 
mikroorganizmlar ko’payishini to’xtatsa, ikkinchidan, dori preparati ochilganda unga tashqaridan 
mikroorganizm tushib, ko’payish xavfini kamaytiradi.
Farmatsevtika amaliyotida konservantlar sifatida quyidagi moddalar ishlatiladi:
Nipagin
— paraoksibenzol kislotaning metil efiri. Oq kristall kukun, suvda oz eriydi, spirtda 
esa eriydi. 0,05% gacha bu konservant zararsiz hisoblanadi. 0,25% konsentratsiyada ham 
ishlatiladi. Bakteritsid ta’siri fenoldan 2,6 marta yuqori.
Nipazol
— paraoksibenzol kislotaning propil efiri, suvda 0,05% da eriydi. Bakteritsid ta’siri 
fenoldan 15 marta yuqori. 0,03% li eritmasi qiyin eriydigan bo’lgani uchun 0,07% eritma holida 
foydalaniladi. Bu aralashma 7 qism nipagindan va 3 qism nipazoldan tashqil topgan bo’lib, 
ishonchli konservant hisoblanadi. Bu suyuqlik erituvchi sifatida dorilarni tayyorlashda, moddalarni 
in’yeksiyalashda, qizdirilganda faolligi yo’qolib ketadigan moddalardan in’yeksion eritmalar 
tayyorlashda qo’llaniladi. 
Xlorbutanolgidrat
— (xloreton) rangsiz kristall, kamfora hidiga ega, 200 
g suvda eriydi. Spirtda oson eriydi. 0,5% gacha konsentratsiyada ishlatiladi. Trikrezol —
metilfenol, yuqori bakteritsid xususiyatga ega, juda past 0,3% gacha konsentratsiyada 
foydalaniladi. Fenol — 0,5% gacha konsentratsiyada qo’llaniladi. Feniletil spirti chet ellarda ko’p 


ishlatiladi, 0,3% li eritmasi ko’z tomchilarini konservantlashda tavsiya etiladi. Sefirol turidagi 
preparatlar: yuqori molekulali birikmalarni, to’rtlamchi ammoniy asosiga xos tuzlari: sefirol 
(miristil — dimetil — benzilammoniy)- klaurin dimetilbenzilammoniy (xloridbenzalkoniy) ham 
qo’llaniladi. Ikkala preparat ishqoriy reaksiyali rangsiz suyuqlik. Patogen mikroorganizmlarga 
bakteriostatik va bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Ginekologiyada (0,5-1%li), xirurgiyada (0,1-0,5%), 
qo’lni yuvish uchun (1%) eritmasi va asboblarni zararsizlantirishda ishlatiladi. 1:10000 eritmada 
dori moddalar eritmasi tarkibida konservant sifatida foydalaniladi.
Konservantlardan yana spirt, glitserin, suvli ajratmalar tarkibida, xloroform, xloformli suv 
(ekstraktlar ishlab chiqarishda), salitsil kislota (0,1%) qo’llaniladi. Konservantlar issiqlikka 
chidamsiz dori moddalardan in’yeksion eritma tayyorlashda ishlatiladi. Bu moddalar qo’shilishida 
albatta ularni ishlatish usullari va sharoitlari hisobga olinishi shart. Shunga ko’ra faqat shifokor 
ko’rsatmasi bilan bajariladi.
Buning uchun signaturada konservantning olinish miqdori va qo’llanishi ko’rsatilishi kerak. 
Ba’zi dorivor moddalar o’z-o’ziga bakteriostatik ta’sir ko’rsatadi, shu sababli ularga konservantlar 
qo’shilmaydi. Masalan — geksametilentetramin eritmasi, aminazin eritmalari.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin