25-rasm Apirogen suv olish apparati – AA - 1
Bug’latish kamerasida suv miqdorini tekshirib turish uchun yiggich-tenglashtirgich
shtutserda (26) suv miqdorini ko’rsatib turuvchi shisha oyna (27) bo’ladi. Yiggich-tenglashtirgich
yana farmakopeya talablariga javob beruvchi yanada sifatli apirogen suv olish uchun qo’shiladigan
ximiyaviy reagentlarni suv bilan aralashtiruvchi vazifasini ham bajaradi. Shu maqsadda bu yerda
ximiyaviy reagentlarni kameraga tushishi uchun maxsus naycha joylashgan. Ximiyaviy
reagentlarni dozalarga bo’lish maxsus dozator qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Bu dozator ikkita
shisha idishdan (22) tomchilagich bilan (24), ikkita filtr va rezina trubka bilan ulangan ikkita
dozatordan iborat. Dozalovchi qurilma yiggich-tenglashtirgich bilan tomchilagich orqali ulangan.
Apparat A-10
. Bu apparat yuqorida ko’rsatilgan AA-1 apparatiga o’xshash, faqat texnik
jihatdan bir oz murakkabroq. Apirogen suv olinishi asosan bug’ni aylantirish, shuningdek, kerakli
bo’lgan reagentlarni suvga qo’shish orqali olinadi. Bu apparatning yana bir afzalligi shundaki,
unga suv sathini ko’rsatib turuvchi ko’rsatgich o’rnatilgan. Agar suv sathi belgilangan miqdordan
past bo’lsa elektroisitgichlar avtomatik ravishda uziladi. Bu elektrisitgichlar kuyishining oldini
oladi. Apparat o’lchami 400x540x630 mm.
26-rasm Apirogen suv olish apparati
SANII apparati. Bu apparat ion almashinuv kolonkasi va haydash apparatining birlashgan
qurilmasidir. Bunda suv oldin tuzlardan tozalanadi, keyin esa haydaladi va sterilizatsiya qilinadi
(33-rasm).
Apparat bug’latgich (1), kondensator (2), apirogen suv yig’gich (3), demineralizatsiyalovchi
kolonka (4), elektroisitgich kabi asosiy qismlardan iborat. Apparatning orqa qismida joylashgan
demineralizatsiyalovchi kolonka organik shishadan tayyorlangan va ion almashinuvi smola bilan
to’ldirilgan. Har bir kolonkaning yuqori qismi kationit, pastki qismi anionit bilan to’ldirilgan: bu
har ikki qismni bir-biri bilan aloqa qilib turishi uchun ular o’rtasida jo’mrak joylashgan. Apparat
soatiga 12 l apirogen suv ishlab chiqaradi. In’yeksion eritmalar tayyorlab chiqarish uchun
ishlatiladigan suv distillangan suvga qo’yilgan talablarga javob berishi kerak. Bundan tashqari, bu
suv pirogen moddalar saqlamasligi va yangi haydalgan (24 soatdan uzoq saqlanmagan) holida
ishlatilishi zarur. Sterillangan suv olish uchun tozalangan suv olingandan so’ng tezda neytral
shisha idishda avtoklavda 115-120° haroratda 20 minut davomida sterillanadi. In’yeksion suv
o’zida karbonat kislota saqlamasligi kerak. Buning uchun tozalangan suvni sterillangandan so’ng
30 minut davomida qaynatiladi.
Agar ko’p miqdordagi suvni sterillash zarur bo’lsa, yuqorida aytilganidek neytral shisha
idishda avtoklavda 115-120°C harorat issiqlikda 20 daqiqa davomida sterillanadi. Dorixona
sharoitida sterillash uchun bir vaqtning o’zida 40 l suvni yigib, saqlaydigan va sterillaydigan
qurilma "In’yeksion suvni yiggich S-40" dan foydalaniladi. Chexoslavakiyaning "Klever" firmasi
ishlab chiqargan shishadan yasalgan apparatda soatiga 100 l in’yeksion suv olish mumkin.
|