Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   444
farmatsevtik texnologiya

ERITUVCHI VA DORI MODDALAR
Dori moddalarni erituvchisi sifatida DF va me’yoriy texnik hujjatlar talablariga javob 
beruvchi in’yeksion suv, izotonik eritmalar, gidrofob erituvchilar, mineral hamda o’simlik 
moylari, sintetik yog’ kislotasi efirlari qo’llaniladi
23
.
In’yeksion suv. Dorixona va korxona sharoitida in’yeksion suv olish asboblari
Odatdagi distillangan suv o’z tarkibida bir qancha tirik hamda o’lik mikroorganizmlar 
saqlaydi. Shuning uchun pirogen moddalardan tozalangan destillangan suv — in’yeksion suv 
ishlatiladi.
23
Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология. Изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».-
Москва.-2016. (760 bet)


In’yeksion eritma sifatida apirogen suv olish uchun distillyasion apparatlarning turli xillari 
taklif etilgan. Biz quyidagi konstruksiyalardagi distillyasion apparatlarni ko’rib chiqamiz. AA-1 
apparati. Bu qurilma elektrotibbiyot jihozlari korxonasida ishlab chiqariladi. U tashqi ko’rinishi 
bo’yicha distillangan suv oluvchi distillyator D-3 ga o’xshash bo’ladi, (1.28.-rasm) faqat o’lchami 
bo’yicha kattaroq (540x280x1100 mm). Apparatning asosiy qismlari bug’lanish kamerasi (10), shu
kamerada joylashgan suv qaynagan paytda uning sachragan tomchilarini ushlagich (8), 
kondensator (1), yiggich-tenglashtirgich (25) va elektrokalkondan iborat.
Bug’lagich kamerasi (10) tashqi tomonidan po’lat qoplama (9) bilan qoplangan. Bu qoplama 
kameradagi issiqlikni yo’qotishdagi va ishlovchi xodimning issiqlikda kuyishidan saqlaydi. 
Kameraning eng tubiga har biri 2 kVt kuchga ega bo’lgan to’rtta elektr isitgich (11) 
joylashtirilgan. Bug’lanish kamerasida suv elektroisitgichlar yordamida isitiladi va bug’ga 
aylanadi. Hosil bo’lgan bug’ sachragan suv tomchilarini ushlab qoluvchi to’r (8) va bug’ trubkasi 
(7) orqali o’tib kondensatsion kamera (3) ga tushadi. Bu yerda bug’ tashqi tomondan sovuq suv 
yuborilib, sovitiladi. Bunda bug’ kondensatsiyalanib apirogen suvga aylanadi. Apirogen suv 
kondensatorning tubidagi nippel (5) orqali tashqariga oqib chiqadi. Bug’latish va kondensatsion 
kameralarda bosim oshib ketmasligi uchun ortiqcha bug’ni chiqarib yuboruvchi tirqish (8) bor. 
Apparat oyoqlaridan biriga ortiqcha tokni yerga o’tkazib yuborishga xizmat qiluvchi simni ulash 
uchun maxsus gayka va shaybali bolt o’rnatilgan. Sovigan suv ventil (4) orqali kondensatorning 
(1) suv kamerasi (2) ga tushadi. Keyin quyish trubkasi (15) orqali yiggich-tenglashtirgichga 
tushadi. Bu yiggich-tenglashtirgich bug’lanish kamerasidagi suv sathini bir xil miqdorda ushlab 
turish uchun xizmat qiladi. Ish vaqtida bug’lanish kamerasi kerakli miqdorda suv bilan to’ldiriladi. 
Qaynash boshlangandan so’ng suvning bir qismi kameraga, asosiy qismi esa shtutser (26) orqali 
kanalizatsiyaga tushadi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin