8-mavzu. Geterogen linimentlarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Linimentlarning farmakopeya tarkiblari Geterogen linimentlar ta'rifi va tasnifi.
Suspension linimentlar
ta’rifi, zamonaviy
nomenklaturasi (Vishnevskiy linimenti va b.).Emulsion linimentlar ta’rifi, vakillari (ohakli va
uchuvchan
linimentlar). Kombinirlangan linimentalar ta’rifi, tayyorlash texnologiyasi.
Linimentlarning sifatini baholash, saqlash va texnologiyasini takomillashtirish yo‘llari.
9-mavzu. Steril dori turlari, ularda ishlatiladigan erituvchilar. Aseptika va aseptik blok tushunchasi Steril dori turlari, ularni tayyorlashda ishlatiladigan erituvchilar (in’yeksiya uchun suv,
moylar, kompleks erituvchilar va b.). Pirogenlik tushunchasi, uni aniqlash va bartaraf etish usullari.
Aseptika tushunchasi. Aseptik blok tuzilishi, unga qo’yiladigan talablar.
Aseptika sharoitni
ta'minlash yo’riqnomalari SanPiN № 0337-16. O‘zR SSVning 2000 yil 21 apreldagi 195-son
hamda O‘zR SSVning 2003 yil 28 apreldagi 198-son buyruqlari.
10-mavzu. Sterillash, uning turlari. Konservantlar tushunchasi, qo‘llanilishi Sterillash tushunchasi. Sterillashning fizikaviy (termik sterilizatsiya, ultrabinafsha nurlar
bilan sterilizatsiya qilish, radiatsion sterilizatsiya, yuqori chastotali tok bilan sterilizatsiya qilish),
mexanik va kimyoviy usullari. Konservantlar ta’rifi, tasnifi (neorganik birikmalar, metaloorganik
birikmalar, organik birikmalar), ularga quyiladigan talablar, qo‘llanilishi.
11-mavzu. In’yeksion dori turlari, umumiy va xususiy texnologiyasi, sifatini baholash In’yeksion dori turlari tasnifi, dori turi sifatida afzallik va kamchiliklari, in’yeksiyalar
turlari, ularga qo‘yiladigan talablar. In’yeksion eritmalarning umumiy texnologik bosqichlari.
In’yeksion eritmalarda механік zarrachalarni aniqlash usuli. In’yeksion eritmalarning xususiy
texnologiyasi (glyukoza eritmasi, natriy gidrokarbonat eritmasi). In’yeksion eritmalarni sifatini
baholash, qadoqlash.