miqdorda emulgator qo‘shiladi. (SHu moddalarning yarmi hisobida). Gidrofil moddalar (tanalbin
va sh. o‘.) qo‘shilganda stabilizator miqdori oshmaydi.
Rp.: Emulsi Olei Ricini 100,0
Phenylii salicylatis 2,0
Sirupi Cerasi 20,0
M. D. S. 3 yoshli bolaga 1 ch qoshiqdan har 3 soatda berilsin.
10 g ozgina isitilgan kanakunjut yog‘idan 4 g o‘rik
elimini sarflab, (fenilsalitsilatni
stabillash uchun 1 g oshik olinadi) birlamchi emulsiya tayyorlanadi. Birlamchi emulsiyaga bu
aralashma maydalangan dispers holda qo‘shiladi va unda yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan
emulsiya — suspenziyani keyin suv bilan suyultiriladi. Oxirida chayqatib turgan holda sharbatni
tomchilab qo‘shiladi. Vismut nitrat asosi bilan emulsiya tayyorlashda
arab elimi va unga
o‘xshash mahsulotlarni qo‘llash mumkin emas, chunki bunda vismutni
arabiantli aralashmasi
hosil bo‘lib, suvda erimaydigan yopishqoq massani hosil qiladi.
Rp.: Emulsii Benzylii benzoatis 20%- 100,0
D. S. qichima kassaligini davolash uchun.
Pasport: Benzil benzoat 20,0 g
Yashil sovun 1,0 g
Emulgator T2 1,0 g
Tozalangan suv 78, 0 ml
M um=100 g
Texnologiyasi: YOrdamchi idishda yashil sovun iliq suvda eritiladi va chayqatib turgan
xolda oz ozdan benzilbenzoat qo‘shib boriladi. Suv xammomida chinni kosachada emulgator T2
eritiladi va issiq xavonchada 2 ml issiq tozalangan suv bilan yaxshilab eziladi. Sungra oldindan
tayyorlangan benzilbenzoat emulsiyasi bilan oz ozdan aralashtiriladi.
26
Dostları ilə paylaş: