Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Mag‘izlardan emulsiya tayyorlash
Mag‘izlardan olinadigan emulsiyalar shirin bodom, qovoq, eryong‘oq mag‘izlaridan 
tayyorlanadi. Bu emulsiyalarda oksil xossasiga globulinlar mag‘izning g‘amlangan oqsil qismi 
bo‘lib, emulgator vazifasini bajaradi. Globulin yog‘li mag‘izlarda ko‘prok bo‘lib, kraxmal 
saqlovchilarga nisbatan kam bo‘ladi. Ba‘zi bir mag‘izlardan (bodom va eryong‘ok) emulsiya 
tayyorlashda emulsiya tiniq oq bo‘lishi uchun oldin po‘slog‘idan ajratiladi. CHunki mag‘izning 
po‘slog‘idagi oshlovchi moddalar, mag‘iz tarkibidagi oqsil moddalar oz bo‘lsa ham, cho‘kmaga 
cho‘kishi mumkin. Emulsiyalar filtr kogozidan o‘tkazilmaydi, chunki filtr kogoz yog‘ 
tomchilarini ushlab qoladi. Emulsiyalar doka orqali suziladi. Agar retseptda boshqa ko‘rsatmalar 
bo‘lmasa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 qism urug‘ olinadi.
Mag‘iz va urug‘larni xususiyatiga qarab tozalashda har xil usullardan foydalaniladi. SHirin 
bodom magizini (60°-70°S) issiq suvda 10 minut ivitiladi, keyin po‘slog‘i ajratiladi. Tozalangan 
va kerakli miqdori tortib olingan bodom magizini (1/10 qism magiz) suv bilan chukur 
hovonchada yog‘och dastasida to bir xil bo‘tka hosil bo‘lguncha eziladi, keyin qolgan suv oz-
ozdan qo‘shiladi va tayyor emulsiya ikki qavatli doka orqali suziladi. Undan keyin emulsiyani 
berilgan miqdorigacha suv bilan etkaziladi.
Mag‘iz va urug‘lardan po‘stlog‘i yoki qobig‘ini ajratmasdan emulsiya tayyorlash
Ko‘knori, qovoq va kanop urug‘laridan po‘slog‘ini ajratmasdan emulsiya tayyorlanadi. 
Rp.: Emulsi seminum Papaveris 200,0
Da. Signa. Bir osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin.
Tayyorlashdan oldin ko‘knori urug‘ini 2 marta toza elakda issiq suv bilan (60-70°C) 
chayiladi, bu esa ma‘lum darajada maydalashni osonlashtiradi.
Urug‘dan emulsiyalar tayyorlash
Rp.: Emulsi seminum Amyqdalarum dulcis 180, 
0 M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Pasport: Bodom magizi 18,0
Tozalangan suv 180 ml gacha
Umumiy og‘irlik 180 g
Texnologiyasi: 
Emulsiya tayyorlash uchun 18 g kobikdan tozalangan magiz kerak bo‘ladi.
Buning uchun bodom magizi 60—70°S li suvda 10 daqiqa buktirib quyiladi, so‘ngra magizning 
ustki kobigi pinset yordamida olib tashlanadi. Tarozida tortib olingan tozalangan magiz chukur 
hovonchaga solinib ozgina (1,8 ml) suv qo‘shib bo‘tqasimon massa hosil bo‘lguncha ezib 
maydalanadi. Massaga oz-ozdan suv (taxminan 144 ml) qo‘shilib 2 qavat dokadan tegishli 
idishga suziladi. Og‘irligi 180 g ga etkazilib, kerakli erlik epishtiriladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin