Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Qovoq urug‘ini (Semina Cucurbitae)



Yüklə 7,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/444
tarix28.11.2023
ölçüsü7,28 Mb.
#169555
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   444
farmatsevtik texnologiya

Qovoq urug‘ini (Semina Cucurbitae) 
qattiq po‘slog‘idan ajratgandan keyin emulsiya
tayyorlanadi. YUmshoq qavati magiz bilan birga maydalanadi. Tayyor emulsiya suzilmaydi. 
SHuning uchun urug‘ ustidagi ko‘k po‘slog‘i yaxshi maydalanganligiga ahamiyat berish kerak.
Magizlardan emulsiya tayyorlanganda dispers fazaga ko‘p miqdorda yog‘ ajralib 
chiqishiga katta ahamiyat berish kerak, bu esa birlamchi emulsiyaning har tomonlama yaxshi


tayyorlanishiga bog‘liq. S. F. SHubin usuli bo‘yicha magizlardan emulsiya tayyorlashda ajratib 
olinadigan yog‘ miqdorini yuqori darajaga olib chiqishga harakat qilinadi. SHu maqsadda 
emulsiya olishning bir necha usullari ishlab chiqilgan va bo‘lardan ikki marta ishlash usuli bilan 
yuqori natija olingan. Bu usul bilan yarim miqdordagi suv ishlatib emulsiya tayyorlanadi. 
Birlamchi emulsiya tayyor bo‘lgandan so‘ng, ikkinchi marta qolgan yarim suv bilan ishlanadi va 
emulsiya tayyor bo‘ladi.
Rp.: Emulsi seminum Cucurbitae 100, 0
M. D. S. Kuniga 4—5 mahal ichilsin.
Pasport: Qovoq urug‘i 10,0
Tozalangan suv 100 ml gacha
Umumiy og‘irlik 100 g
10 g pustlogidan tozalangan kovok urug‘i hovonchada maydalanadi va 1 ml suv qo‘shib, 
yaxshilab eziladi. Hosil bo‘lgan butkaga 90 ml suv qo‘shib aralashtiriladi. Tayyor emulsiyani 
suzmasdan tegishli idishga solinadi. «Salqin joyda saqlansin», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» 
deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Mag‘izdan tayyorlangan emulsiyalarga dori moddalarni qo‘shish
Magizdan tayyorlanadigan emulsiyalarga suvda eriydigan dori moddalar kiritiladi. Ularni 
eritish uchun 1 qism suv qoldiriladi va birlamchi emulsiya tayyor bo‘lgandan keyin suyultiriladi.
Rp.: Emulsi seminum Amygdalarum dulcis 180,0
Natrii benzoatis 1,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 4 marta ichilsin.
Oddiy qoida bo‘yicha magizdan emulsiya tayyorlanib, 50 ml gacha suv natriy benzoatni 
eritish uchun qo‘llaniladi.
Rp.: Emulsi Seminum Cucurbitae decorticorum ex 50,0-
200,0 Sirupi Citri unshiu 20,0
M. D. S. Ertalab 2 marta qabul qilinadi, bir necha soatdan keyin 2 osh qoshiq kunjut 
moyi ichiladi.
Qovoq mag‘zi po‘chogidan tozalanib, ko‘kimtir kulrang yupqa po‘sti bilan ishlatiladi. 
SHuni bilish zarurki, sharbatlar suyultirilmagan holda qo‘shilsa, emulsiyalarning turg‘unligi 
yo‘kolib ximoya pardasi buziladi, emulgatorni degidratsiyalanishiga olib keladi. SHuning uchun 
mandarin po‘slog‘i sharbati toza suvda suyultirilib, birlamchi emulsiyaga qo‘shiladi.

Yüklə 7,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   444




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin